27 iyu 14:49
Yangiliklar
Boks/MMA

Bogdan Guskov keyingi raqib kim degan savolga javob berdi
UFC yarimog'ir vazn toifasi reytingida 13-o'rinni egallab turgan hamyurtimiz Bogdan Guskov kecha Abu-Dabidagi turnirda Nikita Krilovni birinchi raunddayoq nokautga uchratgandi.
Rossiyalik aralash yakkakurash ustasi UFC reytingida 10-pog'onadan joy olgan. Katta ehtimol bilan ertaga elon qilinadigan yangi reyingda bu ikki jangchi o'rin almashib olishadi.
"Men zarba nuqtasiga chiqishimni taxminan uch daqiqa kutdim. Bu qulay fursat kelishiga ishonardim. Sabr bilan kutdim va chiroyli yakun qildim. Keyingi raqib? Menga manzil va raqib ism-sharifini ayting, bo'ldi. Menga boshqa hech narsa kerak emas. Jamoamga katta rahmat aytmoqchiman. Seryoga Pavlovich, Jeka Goncharov! Men sizlarni yaxshi ko'raman", — dedi Guskov.
Havola :
Fikrlar