27 dek 13:24
Yangiliklar
Bogdan Guskov: "Pyotr Yan - Merab Dvalishvili... o'n martadan o'n marta mag'lub etadi"
Aralash yakkakurash ustamizning fikricha, amaldagi chempion Pyotr Yan sobiq chempion Merab Dvalishvilini o'n martadan o'n marta mag'lub etadi.
"Men bu erda tarafkashlik qilsam kerak", - dedi Guskov Red Corner MMA tomonidan elon qilingan videodagi tegishli savolga javob berar ekan. - Men o'nta jangning hammasini Petyaga beraman. Men uning muxlisiman, menga uning janglari, jang olib borishi, tajovuzkor uslubi yoqadi. U aynan oktagonda juda yaxshi shou ko'rsatadi".
Hozirga qadar Pyotr Yan va Merab Dvalishvili ikkita jang o'tkazib, bittadan g'alabaga erishgan. Biroq, Yan mag'lub bo'lgan birinchi jangda u o'ng qo'lidan deyarli foydalana olmaydigan jiddiy jarohat bilan oktagonga chiqqandi.
Ayni paytda Yan va Dvalishvili o'rtasidagi uchinchi jangni o'tkazish masalasi ko'rib chiqilmoqda. Ikkala jangchi ham unga tayyor ekanliklarini bildirishgan.

Fikrlar