19 apr 08:06
Yangiliklar
Bogdan Guskovga boshqa bir polshalik raqib sifatida taklif qilindi
Promoushen tomonidan boshqa bir polshalik yarim og'ir vazn toifasi vakili Ivo Baranevskiy jarohat olgan hamyurti Yan Blaxovichning o'rniga Bogdan Guskovga raqib sifatida taklif qilindi. Bu haqda polshalik murabbiy Artur Gvozdz ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali malum qildi.
Malumot uchun, 27 yoshli Ivo Baranevskiy hali faoliyatida mag'lubiyatga uchramagan. U birinchi raundda Ibo Aslan va Ostin Leynni nokautga uchratib, UFC’da ikki g'alabali seriya bilan kelmoqda. Ayni paytda polshalik 6 iyun kuni Las-Vegasdagi turnirda Billi Elekanaga qarshi kechadigan jangga tayyorgarlik ko'rmoqda.
UFC’dagi debyut jangida Volkan Ozdemirga muddatidan oldin mag'lub bo'lgan 33 yoshli Bogdan Guskov esa o'sha yagona mag'lubiyatini to'rtta muddatidan oldingi g'alaba bilan yopdi. O'tgan yilning dekabr oyida Yan Blaxovich bilan durang natija qayd etdi. Ayni paytda hamyurtimiz Liganing yarim og'ir vazn toifasi reytingida kuchli o'ntalikni yakunlab turibdi.

Fikrlar