23 iyu 14:02
Yangiliklar
Boks/MMA
Bogdan Guskovning Blaxovichga qarshi jangi co main event maqomida o'tadi
1 avgust kuni Serbiyaning Belgrad shahridagi Gradska Arena majmuasida navbatdagi UFC Fight Night turniri tashkil etiladi.
Biz uchun ahamiyatlisi, turnir doirasida o'zbekistonlik tajribali aralash yakka kurash ustasi Bogdan Guskov ham oktagonga chiqadi. Unga turnir doirasida yarim og'ir vazn toifasida UFC sobiq chempioni, polshalik Yan Blaxovich raqib bo'ladi.
Malum bo'lishicha, jang turnirning ikkinchi asosiy bellashuvi, aniqrog'i, co main event maqomida o'tadi. Guskov hozirda UFC reytingida o'ninchi o'rinni egallab turgan bo'lsa, Yan Blaxovich bu reytingda to'rtinchi pog'onada qayd etilgan.
Eslatib o'tamiz, sportchilar o'rtasidagi dastlabki bahs durang bilan yakunlangandi.
Turnir aktual kardi quyidagicha:

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar