16 iyu 14:03
Yangiliklar
Engil atletika, Tadbirlar
Bo'kada ommaviy yurish va gimnastika tadbirlari o'tkazildi
Davlatimiz rahbari ilgari surgan 5 ta tashabbus doirasida Bo'ka tumanida ulkan qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Tuman aholisi o'rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishga qaratilgan tadbirlar doimiy tarzda o'tkazib kelinmoqda.
Xususan, 15 iyun kuni Bo'ka tumanidagi Bo'ston futbol o'yingohi hamda tuman markaziy futbol o'yingohida hududga yaqin qishloqlarning aholisi ertalabki badantarbiya mashg'ulotlarini bajarishdi. Qishloqqa kirish yo'lagi bo'ylab 5 kilometr masofaga faol yurish tadbiri bo'lib o'tdi.
Quyida mazkur tadbirlardan fotolavhalar bilan tanishishingiz mumkin.
Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar