27 okt 13:38
Yangiliklar
![](/upload/storage/47538_220.jpg)
Boks bo'yicha JCH-2019 Rossiyaning boshqa shahriga ko'chirildi
Aslida dunyo birinchiligi Rossiyaning boshqa bir shahri - Sochida o'tkazilishi kerak edi. Poytaxt Moskva shahri ham mezbonlikka davogar bo'lib turgandi. Lekin mezbonlar yakunda jahon chempionatini Ekaterinburgda o'tkazishga qaror qilishdi.
Ekaterinburg Butunjahon boks superseriyasining chorak final janglarini yuqori saviyada o'tkazganidan so'ng Rossiya boks federaciyasi o'z qaroriga o'zgartirish kiritib, mezbonlikni aynan Ural markaziga topshirdi.
Jahon chempionati bahslari o'z bag'riga 15 000 tomoshabinni sig'dira oluvchi MVC “Ekaterinburg-EKSPO” arenasida o'tkaziladi. CHempionatning aniq sanasi kelasi hafta Moskvada o'tkaziladigan Xalqaro havaskor boks associaciyasi (AIBA) Kongressida elon qilinadi. Ushbu jahon chempionatiga Rossiyadan tashqari Hindiston, Ukraina, Tailand va Turkiya davlatlari ham davogarlik qilgandi.
Fikrlar