28 apr 16:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati Hindistondan boshqa joyga ko'chirildi
SHu yilning 21 may - 1 iyun kunlari Hindistonning Nyu-Deli shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati o'tkazilishi lozim edi.
Ammo, Hindistonda koronavirus bilan bog'liq yuzaga kelgan og'ir vaziyat sababli, ushbu musobaqa Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahriga ko'chirildi. Bu haqida Osiyo boks konfederaciyasiga asoslanib
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Malumot uchun, Osiyo chempionati erkaklar o'rtasida 10 ta, ayollar o'rtasida 10 ta vazn toifasida tashkil etiladi.
Havola :
Manba : t.me/boxinguzbekistan
Fikrlar