02 apr 16:12
Yangiliklar
Boks/MMA

Boks bo'yicha MOQ sovrini uchun musobaqa start oldi
Bugun, 2 aprel kuni Respublika Olimpiya zaxiralari kollejida boks bo'yicha Milliy olimpiya qo'mitasi sovrini uchun musobaqa boshlandi.
Terma jamoadagi raqobatni kuchaytirish, yangi nomlarni kashf etish maqsadida o'tkazilayotgan turnirda mamlakatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 66 nafar sportchi ishtirok etadi. Bellashuvlar 10ta vazn toifasida o'tkaziladi.
Bugun musobaqaning ochilish marosimi bo'lib o'tdi. CHempionatda O'zbekiston boks terma jamoasining uchinchi hamda to'rtinchi raqamli azolari saralanadi.
Milliy olimpiya qo'mitasi turnir ishtirokchilariga omad tilab qoladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar