13 may 15:17
Yangiliklar
Boks bo'yicha O'zbekiston U-17 terma jamoasi eng ko'p finalchi bilan finalga etib keldi
O'smirlar (U17) toifasidagi bahslarda O'zbekiston terma jamoasining 16 nafar vakili (6 nafar qiz va 10 nafar yigit) final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
SHubhasiz, bu ishtirokchi davlatlar orasidagi eng yuqori natija bo'ldi. Bu ko'rsatkich bo'yicha Qozog'iston terma jamoasi 11 nafar finalchi bilan ikkinchi o'rinni egallagan bo'lsa, kuchli uchlikni 9 nafar finalchiga ega Hindiston terma jamoasi yakunlab turibdi.
Quyida qaysi davlatdan necha nafar bokschi finalda ishtirok etishini bilib olishingiz mumkin.
O'zbekiston — 16
Qozog'iston — 11
Hindiston — 9
Xitoy - 4
Eron — 3
Yaponiya - 2
Tojikiston - 2
Vetnam - 1
Turkmaniston - 1
Mo'g'iliston - 1
Bahrayn - 1
Iordaniya - 1
Eslatib o'tamiz, kichik o'smirlar (U15) toifasida ham 21 nafar bokschimiz final yo'llanmasini qo'lga kiritib, eng yuqori natijani qayd etgan edi.
Bugun musobaqada dam olish kuni. Ertaga U15, 15 may kuni esa U17 yosh toifalarida final janglari bo'lib o'tadi.
Fikrlar