05 mar 17:41
Yangiliklar

Boks bo'yicha Qozog'iston terma jamoasi bosh murabbiyi: "Barcha hakamlar o'zbeklarga yordam berdi"
"Tan olish kerak, 5-6 ta jangda o'zbeklarga haqiqatdan ham yutqazdik. Ular bu turnirda asosiy tarkibi harakat qilishdi. Bizda asosiy tarkibdan birgina Mahmud Sobirxon bor edi va u turnirda g'olib chiqdi.
SHuningdek, Nurlan Saparbay ham uchinchi bo'ldi. Yarim finalda u o'zbek bokschisi bilan jang qildi: Bokschimiz birinchi raundda g'alaba qozondi, biroq barcha hakamlar raqibga 5:0 hisobini berishdi. Nega bunday qilishdi?! Bunday janglar ko'p bo'ldi – barcha hakamlar o'zbeklarga yordam berdi. Nega? CHunki ular O'zbekistonda o'tkazilgan U-22 Osiyo chempionatida ham hakamlik qilishdi. Toshkentda ishlagan hakamlar ularga yordam berdi. Sababi, musobaqada ularni yaxshi kutib olishdi, ovqatlantirishdi. Har biriga alohida sovg'a berishdi. SHuning uchun ham O'zbekiston vakillari mezbonlarga qarshi jang qilganida ham g'alabalarni ularga berishdi", - deya fikr bildirdi Satjanov.
Eslatib o'tamiz, “Stranja” musobaqasida O'zbekiston terma jamoasi 6 ta oltin medal bilan erkaklar o'rtasida umumjamoa hisobida birinchi bo'ldi. Qozoqlar esa 2 tadan oltin va kumush va 5 ta bronza medal bilan uchinchi bo'lishdi.
Fikrlar