09 fev 18:20
Yangiliklar

Boks bo'yicha Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi: Amerika ortidan boshqa G'arb davlatlarining boykotlari ham keladi
«AQSH terma jamoasining boks bo'yicha jahon chempionatida ishtirok etishdan bosh tortishi bir tomondan ahmoqlik ekanligi aniq. Boshqa tomondan, men umuman hayron emasman. Afsuski, do'stona munosabatga ega bo'lmagan davlatlar Rossiya terma jamoasi vakillari mamlakat bayrog'i ostida kirib kelganda, xoh boks bo'ladimi, xoh boshqa sport turlari bo'ladimi, barcha musobaqalarni boykot qiladi yoki boykot qilishga urinadi va agar ular g'alaba qozonsa, Rossiya madhiyasini ijro etadi. Menimcha, Amerika ortidan boshqa G'arb davlatlarining boykotlari ham keladi.
IBA rahbariyati tomonidan qabul qilingan qoidalar bor. Boykot qilish yoki qilmaslik amerikaliklarning shaxsiy huquqidir. Men amerikalik bokschilarning yo'qligi biror narsaga katta tasir qiladi deb o'ylamayman», - dedi Kravtsov.
Fikrlar