29 noy 11:42
Yangiliklar
Boks/MMA

Boks federaciyasida hakamlikka nomzodlar bilan suhbatlar o'tkazilmoqda
Yaxshi bilasiz, O'zbekiston boks federaciyasi hakamlikni rivojlantirish masalasida bir qator ishlar boshlab yuborgan.
Ana shulardan biri, soha uchun yangi kadrlarni tanlab olishdan iborat. Bu yo'lda federaciya hakamlikka nomzodlar uchun tanlovni ham elon qilgandi.
Bugun, 29 noyabr kuni hakam bo'lish istagida bo'lgan hamyurtlarimiz bilan suhbatlar boshlab yuborildi.
Suhbat O'zbekiston boks federaciyasining tajribali mutaxassislari tomonidan o'tkazilmoqda.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : t.me/boxinguzbekistan
Fikrlar