So’nggi yangiliklar

14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0 10:06Ислам Махачев: "Кейинги жангим менинг фаолиятимдаги сўнггиларидан бири бўлади" 0 09:35UFC Fight Night 292 турнирининг тарози натижалари, бир жангчи вазн қила олмади 0 08:54Бугун тўрт эркин курашчимиз жаҳон чемпионатида гиламга чиқади. Ғуломжон бронза йўлида курашади 0 08:13"Олтин тўп"-2026 учун овоз бериш натижалари эълон қилинди 0 07:42АCА 209: Саидёқуб Қаҳрамоновда мағлубият. Холмурод Нурматовчи? (Барча натижалар) 0 07:10Никита Цзю декабрь ойида рингга қайтади 0 22:51Шахмат бўйича 2027 йилги рапид ва блиц Жаҳон чемпионати мезбони эълон қилинди 0 22:14Танташев ва Нажафалиев бригадаси Элит ОЧЛ баҳсларида ишлайди 0

24 may 15:43
Yangiliklar

Boks/MMA

Boks hamjamiyati Usik - Verxuven jangi natijasiga munosabat bildirdi

Denni Garsiya, SHakur Stivenson, Ariel Xelvani, Jeyk Pol, Teddi Atlas va boshqa yulduzlar Aleksandr Usikning kikbokschi ustidan qozongan bahsli g'alabasi haqida gapirdi.

Superog'ir vazn toifasida jahon chempioni Aleksandr Usik va kikboksing afsonasi Riko Verxuven o'rtasidagi jangning to'xtatilishi, raund tugashiga sanoqli soniyalar qolganida (yoki hatto gongdan keyin ham) jiddiy tuyulmagan vaziyatda boks hamjamiyatida ko'plab qarama-qarshi munosabatlarga sabab bo'ldi. 

Ko'p sharhlovchilar Verxuvenning muvaffaqiyatli jangiga ham etibor qaratib, uning Usikka faoliyatidagi eng qiyin janglardan birini taqdim etganini etirof etishdi.


Jeyk Pol, bloger, bokschi va promouter

"Hech qachon bunaqa telbalikni ko'rmaganman. Riko deyarli barcha raundlarda g'alaba qozondi. Ammo hakam jangni to'xtatish imkoniyatini yuzaga kelishi bilan uni o'ylab ham o'tirmay to'xtatib qo'ya qoldi. Bu hazilmi? Men Usikning eng katta muxlisiman, lekin sen bu jangda yutqazding, do'stim. Har bir raundda uni kaltaklagani uchun Rikoni hurmat qilaman. Lekin oxir-oqibat unga hurmatsizlik qilishdi".


Denni Garsiya, sobiq jahon chempioni

"Rikoning g'ayrioddiy uslubi unga uzoq vaqt bardosh berish imkonini berdi, ammo Usikning tajribasi va jangovar aql-zakovati jang natijasini oldindan belgilab berdi".


SHakur Stivenson, to'rtta vaznda jahon chempioni 

"Mo'ylov (Usik nazarda tutilyapti) kerakli paytda ishga tushdi. Referi aniq yordam berdi, lekin Usik uni shundoq ham kechiktirmasligini kim ayta oladi — uning vaqti etarli edi... Omadsiz kun, menimcha, Usik unchalik yaxshi formada emasdi!".


Teddi Atlas, murabbiy va sharhlovchi

"Ha, hakam jangni gongdan keyin to'xtatib, juda yomon ish qildi. Juda yomon tashkil etilgan teletranslyaciya - taymer ko'rsatilmadi. Jangni to'xtatish kerak emas edi, chunki Usik baribir uni o'n ikkinchi raundda mag'lub etgan bo'lardi".


Rayan Garsiya, jahon chempioni

"SHunday qilib, hammasi tugadi. Bitta zarba hamma narsani o'zgartirishi mumkinligi bugun isbotini topdi".


Ariel Xelvani, jurnalist va sharhlovchi

"Takrorni qanchalik ko'p ko'rsang, hakamning qarori shunchalik yomon tuyulaveradi. Gongdan keyin jangning to'xtatilgani yaxshi ish bo'lmadi".


Andreas Xeyl, sharhlovchi

"Xotiramdagi eng yomon jang to'xtashlaridan biri. Usik ehtimol, baribir muddatidan oldin g'alaba qozongan bo'lardi, ammo jangni gongdan bir soniya oldin to'xtatib, Verxuvenga so'nggi raundga chiqish imkoniyatini bermaslik, hakamning juda yomon qarori bo'ldi".


Dillon Dennis, bokschi, sobiq Bellator jangchisi

"Hech qachon bunday sotqinlikni ko'rmaganman. Boksni boshqa ko'rmayman, bu sport emas, sharmandalik. Riko Verxuven hozirgina dunyodagi eng yaxshi bokschilardan birini maktabga olib borgandek bo'ldi, uni esa tunab ketishdi. Bu jangda Riko g'alaba qozondi".

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing