15 apr 08:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Boks. Jahon chempionatida to'rtta jang - to'rtta g'alaba
Polshada boks bo'yicha yoshlar o'rtasida jahon chempionati start olgani haqida xabar qilgandik.
Kecha musobaqaning ikkinchi kungi janglari doirasida to'rt nafar bokschimiz ringga ko'tarildi. Quvonarlisi, kecha o'z jangini o'tkazgan bokschilarimizning barchasi raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, keyingi bosqichga yo'l olishdi.
-52 kg: SHahzod Muzaffarov - Mustafa Rigi (Eron) 5:0
-57 kg: Sitora Turdibekova - Marina Muliarchik (Belarus) 5:0
-60 kg: Dilfuza Bekova - Rebeka Dobos (Vengriya) 5:0
+91 kg: Jahongir Zokirov - Marlon Xurtado (Kolumbiya) Zokirov 2-raundda raqibini nokautga uchratdi
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar