24 fev 20:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Boks. Olimpiya o'yinlari sovrindori Jahongir Rahmonov Ukrainada jang o'tkazdi
Ukrainaning Krivoy Rog shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasida xalqaro musobaqa davom etmoqda.
Musobaqa doirasida o'smirlar Olimpiadasi sovrindori, kattalar o'rtasidagi O'zbekiston chempioni Jahongir Rahmonov -69 kg vazn toifasida jang o'tkazdi.
Ushbu jangda hamyurtimizga ukrainalik Igor Grishenko raqiblik qildi. Jang to'liq davom etdi va unda hamyurtimiz ochkolar evaziga g'alaba qozonib, keyingi bosqichga yo'l oldi.
Birozdan so'ng ushbu turnir doirasida Saidjamshid Jaffarov ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar