So’nggi yangiliklar

19:27Тошкентдаги лицензион турнирда Париж-2024 йўлланмалари эронлик спортчиларники бўлди 0 19:06«Гилберт Бёрнс билан ҳали «гаплашамиз» - Нурсултон Рўзибоев 0 18:45Гаттузо Саудия Арабистони жамоасини бошқариши мумкин 0 18:24Эронда спорт тадбирлари бекор қилинди 0 18:01Нурсултон Рўзибоев: «Битта ғалабадан кейин Баклига «вызов» ташлайман 0 17:38Александр Зверев Борис Беккердан ўтиб кетди 0 17:17"Жирона" "Ливерпуль" юлдузини сафига қўшиб олмоқчи 0 16:55Нурсултон Рўзибоев: «Ўзимнинг хатом билан рақиб курашга кирди» 0 16:32"Фьюри тўққизинчи раундда туриб бера олганидан ҳайрон қолдим" - Кличко 0 16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0

12 noy 19:30
Yangiliklar

Boks/MMA

Boks. O'zbekiston erkaklar terma jamoasi Osiyo chempionatini 5 ta oltin medal bilan yakunlab, birinchi bo'ldi

Iordaniyada boks bo'yicha kattalar o'rtasida Osiyo chempionati o'z yakuniga etdi.

O'zbekiston erkaklar terma jamoasi musobaqa yakuniga ko'ra 5 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qo'lga kiritdi. 

Terma jamoamiz safida quyidagi bokschilarimiz sovrindor bo'lishdi:

Oltin:

-51 kg: Hasanboy Do'smatov

-57 kg: Abdumalik Xalakov

-63,5 kg: Ruslan Abdullaev

-75 kg: Saidjamshid Jafarov

+92 kg: Lazizbek Mullojonov


Kumush: 

-80 kg: Odiljon Aslonov

-92 kg: Madiyar Saidrahimov


Bronza: 

-54 kg: SHaxzod Muzaffarov

-60 kg: Adhamjon Muxiddinov

-67 kg: Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev.

Ushbu natija orqali O'zbekiston erkaklar terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi. 

Kecha ayollar o'rtasidagi bahslar o'z yakuniga etgan va unda Navbahor Hamidova oltin, Sohiba Ro'zmetova kumush va Farzona Fozilova bronza medallarini qo'lga kiritgandi.




Bokschilarimizning final janglaridagi natijalarini ushbu sahifa orqali kuzatib borishingiz mumkin bo'ladi. 

SAHIFANI YANGILASH


+92 kg vazn toifasida Lazizbek Mullojonov Kamshibek Konkabaevni mag'lubiyatga uchratdi va oltin medalga ega chiqdi! Beshinchi oltin!


-92 kg vazn toifasida Madiyar Saidrahimov qozog'istonlik Aybek Oralbayga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Ikkinchi kumush...


-86 kg vazn toifasida Tailand vakili Yomxot Jakkapong iordaniyalik Adelxindavi Odaini mag'lub etdi.


-80 kg vazn toifasida hamyurtimiz Odiljon Aslonov finalda mezbon iordaniyalik Hussayn Iashishga qarshi jang qildi va hakamlar qaroriga ko'ra mag'lub bo'ldi. Kumush...


-75 kg: Saidjamshid Jafarov qozog'istonlik Nurkanat Rayisga qarshi ringga ko'tarildi va 5:0 hisobida g'alaba qozondi! O'zbekiston erkaklar terma jamoasida to'rtinchi oltin!


-71 kg: Qozog'istonlik Aslanbek SHimbergenov iordaniyalik Ziyad Iashishdan ustun keldi va oltin medalni qo'lga kiritdi. Qozog'iston erkaklar terma jamoasida ikkinchi oltin.


-67 kg: Tailandlik Sinsiri Bunjong Qozog'iston vakili Dulat Bekbauovdan ustun keldi va oltin medal sohibiga aylandi.


-63,5 kg vaznda Ruslan Abdullaev Osiyo chempioni! Bokschimiz finalda hindistonlik raqibni mag'lub etdi. Raqib 2-raundda jarohat oldi. Bu paytga kelib Ruslan ochkolar bo'yicha oldinda borayotgandi.


-60 kg vazn toifasida oltin medalni mezbon Iordaniya vakili Abu Jajeh Muhammad qo'lga kiritdi. U hal qiluvchi bahsda mo'g'ulistonlik Buyandalay Bayarxudan ustun keldi.


-57 kg vazn toifasida Abdumalik Xalakov qozog'istonlik Serik Temirjanovdan ustun keldi va O'zbekiston erkaklar terma jamoasi hisobiga ikkinchi oltin medalni qo'shib qo'ydi!


-54 kg vazn toifasida filippinlik Karlo Paalam qozog'istonlik Mahmud Sabirxanni mag'lub etdi.


-51 kg. Hasanboy Do'smatov Saken Bibosinovni 4:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi! Bizda ilk oltin!


-48 kg vazn toifasida qozog'istonlik Sanjar Tashkenbay yaponiyalik Aratake Kazumani mag'lubiyatga uchratdi va oltin medalni qo'lga kiritdi. 



Janglarni USHBU LINK orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin. 


Erkaklar o'rtasidagi bahslarga 7 nafar o'zbekistonlik bokschi etib kelgan. Janglar soat 15:00da boshlanadi. 

-51 kg: Hasanboy Do'smatov - Saken Bibosinov (Qozog'iston) (15:15 dan so'ng)

-57 kg: Abdumalik Xalakov - Serik Temirjanov (Qozog'iston) (15:40 dan so'ng)

-63,5 kg: Ruslan Abdullaev - SHiva Tapa (Hindiston) (16:10 dan so'ng)

-75 kg: Saidjamshid Jafarov - Nurkanat Rayis (Qozog'iston) (16:55 dan so'ng)

-80 kg: Odiljon Aslonov - Huseyn Iashish (Iordaniya) (17:10 dan so'ng)

-92 kg: Madiyar Saidrahimov - Aybek Oralbay (Qozog'iston) (17:40 dan so'ng)

+92 kg: Lazizbek Mullojonov - Kamshibek Konkabaev (Qozog'iston) (17:55 dan so'ng)

Reyting: +5   

Fikrlar

+2   
12 noy 19:18:23
TOKIO-2020
+92 дан кўнгил тўқ. Худо хохласа ЖЧ ва Олимпиадани ютишга қодир боксчи чиқяпти. Фақат ўз устида кўпроқ ишлаши керак.
+2   
12 noy 19:17:04
Dilshod Uzoqov
Lazizbekka raxmat. 5:3 qozoqlar yana parot.
+1   
12 noy 19:23:44
Aziz Nabiev
Urraaaa molodes bokschilarimiz umumjamoada birinchi qoyil qozoqlarga sabr.
+1   
12 noy 18:57:59
Dilshod Uzoqov
Umid kam. Oxirgi jang. Xozircha hisob 4:3 ular oltin olsa birinchi uringa chiqadi.....
+1   
12 noy 18:47:02
Analitik
Madiyar molku naturi
+1   
12 noy 16:32:29
TOKIO-2020
Ўзбекистон ва Қозоғистоннинг 5тадан финал ўйини қолди, шундан 3таси ўзаро жанглар. Олтин олиш бўйича 2-1 Ўзбекистон олдинда. Ўзаро қарама-қаршиликда 2-0 Ўзбекистон олдинда. Биз яна 3та финални ютсак умумжамоа хисобида 1-ўринни оламиз, Худо хохласа.
+1   
12 noy 16:28:43
TOKIO-2020
Ўзбекистоннинг 5тадан финал ўйини қолди, шундан 3таси ўзаро жанглар. Олтин олиш бўйича 2-1 Ўзбекистон олдинда. Ўзаро қарама-қаршиликда 2-0 Ўзбекистон олдинда. Биз яна 3та финални ютсак умумжамоа хисобида 1-ўринни оламиз, Худо хохласа.
   
12 noy 21:22:05
Jonny
Otangizga rahmat yigitlar! Yana bir bor uzbek boks N1 ekanligini isbotladingiz! Siz bilan faxrlanamiz!!!
   
12 noy 20:07:48
Умрбек Эгамберганов
Kozoqlarniki yana achishadigan boʼlibdide. Man hayronman bularga qaysi saytiga kirsang Oʼzbeklani yomonlab yozishadi.
   
12 noy 18:59:20
TOKIO-2020
-91кг или -92 кг вес.да норм. боксчи йўқми, Рустам Тўлагановдан кейин чиқмади нормалнийси. Мадиёрдан кўра Санжар яхшироқ экан. Ҳар ҳолда зарбаларида аниқлиқ бор эди.
   
12 noy 18:28:24
Dilshod Uzoqov
Xozzircha 4:2 bizni foydamizga
   
12 noy 15:55:59
Коканд
Хасанбой қозоқни урди. Отангга рахмат Хасанбой шакарсан шакар!!!
   
12 noy 15:18:33
Aziz Nabiev
Olga yigitlar omadlaringiz bersin ayniqsa qozoqlar yutqazmanglar.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing