10 mar 23:34
Yangiliklar
Boks/MMA
Boks. O'zbekiston licenzion turnirda navbatdagi yo'qotishni qabul qilib oldi
Italiyaning Busto-Arcizio shahrida davom etayotgan boks bo'yicha Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlari uchun licenzion musobaqaning navbatdagi kungi bahslari davom etmoqda.
Musobaqada O'zbekiston terma jamoasi azosi Sitora Turdibekova (-57 kg) navbatdagi jangini o'tkazdi.
Unga bugun polshalik Yuliya SHeremeta raqiblik qildi.
3 raundlik jang to'liq davom etdi va unda hakamlar qarori bilan 4:1 hisobida polshalik charm-qo'lqop ustasi zafar quchdi va keyingi bosqichga yo'l oldi.
Bu O'zbekiston terma jamoasi uchun licenzion musobaqadagi ikkinchi yo'qotish bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar