31 avg 10:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Boks. Qizlarimiz Osiyo chempionatida umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallashdi
BAAning Dubay shahrida o'tkazilgan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati o'z yakuniga etdi.
Musobaqa yakuniga ko'ra, o'zbek bokschilari 17 ta medal (8 ta oltin, 3 ta kumush, 6 ta bronza) qo'lga kiritishdi. Qizlarimiz umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallashdi. Yigitlarimiz esa ikkinchi bo'lishdi. Umumiy hisob-kitoblarga ko'ra esa ikkinchi o'rindan joy oldik.
Umumjamoa hisobida Qozog'iston birinchi o'rinni egallagan bo'lsa, hindistonliklar kuchli uchlikka yakun yasashdi.
Hamyurtimiz Aleksandr Hamidov esa musobaqada eng yaxshi hakam sifatida etirof etildi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar