So’nggi yangiliklar

14:16Бугун тўрт нафар ҳамюртимиз "Ҳумо арена"да ўтказиладиган ACA 203'да жанг қилади 0 13:45Эрон миллий терма жамоанинг ЖЧ-2026'даги хавфсизлигини ФИФА билан муҳокама қилмоқчи 0 13:15Дана Уайт Чимаев ва Стрикленд можаросини Хабиб - Конор қарама-қаршилигига қиёслади 0 12:41Сербия Ташқи ишлар вазири "Олимпия шаҳарчаси"да бокс бўйича Осиё чемпионатини томоша қилди (ФОТО) 0 12:12Чимаев Шон Стриклендга қарши жангда фаолиятидаги энг катта гонорарни олади 0 11:39Кейн ЕЧЛда Роналдунинг рекордини такрорлади 0 11:17Жошуанинг спарринг шериги Аргон Смакичи — Баҳодир Жалолов билан жанг ҳақида гапирди 0 10:40Зоминда ўзбек жанг санъати бўйича мамлакат чемпионати ўтказилди 0 10:12Хотамбек Бойназаров Стрикленд билан жанг олдидан Хамзат Чимаевга ёрдам бериши мумкин эди, аммо... 0 09:39"Реал" Вальверде ва Тчуамени ўртасидаги жанжал бўйича баёнот берди 0 09:18Топурия Иан Гаррининг Махачевга қарши имкониятларини баҳолади 0 08:39Мария Тимофеева Истанбулда чорак финалга йўл олди 0 08:13Дональд Трамп Хабиб Нурмагомедовни мақтади 0 07:30ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди 0 20:14Qazaqstan Barysy Grand Slam 2026 турнирига қуръа ташланди 0

09 iyu 16:20
Yangiliklar

Boks/MMA

Boks qo'lqoplarining siz bilmagan tarixi (Mutolaa uchun)

Ilk qo'lqoplar qadimgi Yunonistonda paydo bo'lgan.

Gomer ular haqida yozgan va rimliklar qo'lqopni asosiy qurolga aylantirgan...

Qo'lqoplar boksning muhim elementidir. Ular 19-asrning oxirida taqdim etilgan. So'nggi 100 yilda qo'lqoplar juda ko'p o'zgarishga uchradi va hali hamon takomillashtirilmoqda. Lekin biz ularni nega aynan qo'lqop deb ataymiz? Ilk qo'lqoplar qadimgi Yunonistonda paydo bo'lgan. Gomer ular haqida yozgan va rimliklar qo'lqopni asosiy qurolga aylantirgan. 


Boks insoniyatga qadim zamonlardan beri malum bo'lgan eng qadimgi sport turlaridan hisoblanadi. Qadimgi Yunonistonda u alohida mashhurlikka erishdi va birinchi qoidalar to'plamini ham ular ishlab chiqardi. Zamonaviy boks qo'lqoplarining avlodi yunonlar tomonidan “ximantes” deb atalgan. Biroz vaqt o'tgach, rimliklar gladiator janglarida shunga o'xshash jihozlardan  foydalanganlar hamda kiyimga “caestus” – “zarba berish” deya nom berishgan. 

Antik qo'lqoplar zamonaviylaridan juda farqli edi. Ular nafaqat boshqacha ko'rinishda, balki qarama-qarshi maqsadlarga ham ega bo'lgan. Hozirgi qo'lqoplar saportchilarning xavfsizligini taminlash uchun xizmat qilsa, avvalgilari faqat jarohat darajasini oshirishga mo'ljallangandi. 

Har bir barmoq alohida-alohida bog'langan bo'lib, uchlari yalang'och qoldirilgan – aralash yakkakurashlarda ishlatiladigan zamonaviy qo'lqoplar bilan deyarli o'xshash shaklda. Jangovar qo'lqoplarning tavsifini Gomerning “Illiada” dostonida uchratish mumkin. U boks janglari haqida qadimgi Olimpiada o'yinlari dasturida paydo bo'lishidan avval yozgan: "Kuchli qo'llarga o'tloq buqasining terisidan kamar taqilgan. Yig'ilish o'rtasida bo'lgan jangchilar belbog'li, tashqariga chiqishdi. Ular to'qnashdi va tez tebranishlar natijasida og'ir qo'llar aralashib ketdi”. 

Rimliklar qo'lqoplarning bu versiyasini butunlay boshqa darajaga olib chiqdi. Ular kamar ostiga qo'rg'oshin va mis plitalar qo'yishdi, cestni temir shpiklar bilan mustahkamladilar va hatto zahar ham ishlatdilar. Ushbu sport turining o'ta shafqatsizligi tufayli 4-asr oxirida musht urish taqiqlangan edi. Qo'lqoplar 19-asrda jihozlarning majburiy qismiga aylandi. Bundan oldin inglizlar uni susturucu (bostiruvchi) deb atagan va ularni faqat mashg'ulotlarda ishlatgan. 

Boksning tiklanishi Angliyada taxminan 17-asrda sodir bo'ldi. Jang qoidalari qadimgi qoidalarga o'xshab ketgan bo'lsa-da, qo'lqpolar avvalgidek emasdi. Aksariyat janglar yalang'och mushtlar o'tkazildi. 1743 yil Jek Broton jangidan so'ng raqibining vafoti Brotonni ko'plab qoidalarni o'zgartirishga undagan edi.

Broton boksni xavfsizroq sport turiga aylantirish maqsadida bir qator cheklovlarni kiritdi, “o'zi o'chiruvchilar” deb ataydigan qo'lqoplarni taqdim etdi, biroq o'sha paytda ular faqat mashg'ulotlarda ishlatilinardi. Qo'lqoplar 1867 yilga kelibgina jihozlarning majburiy qismiga aylandi. 

Zamonaviy boks qo'lqoplari buffalo yoki echki terisidan tayyorlanadi, to'ldirish uchun esa ot tuki va ko'pikli kauchukdan foydalaniladi. Havaskor musoboqalarda qo'lqoplar tashkilotchilar tomonidan taqdim etiladi va ularning o'lchamlari qatiy tartibga solinadi. Prof boksda ular tasdiqlash jarayonidan o'tadi. Bu atletika komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. 

Habib Jo'raboev tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing