10 noy 15:26
Yangiliklar
Xabib Makgregor bilan jang haqida: "Bu mening tatilim edi"
"Dunyoda bir ajoyib narsa bor - kimnidir yoqtirmasang, "qafas"ga kirasan, uni do'pposlaysan va buning uchun senga haq to'lashadi. Qafasdan tashqarida ham shunday qilsang, seni qamab qo'yishadi. Men bu lahzani juda uzoq kutgan edim. Men u bilan nafaqat urishardim, balki yo'l-yo'lakay gaplasha olardim ham. Bu fursatdan foydalanib, rohatlanib olardim. Bu mening tatilim edi", - dedi Nurmagomedov "S Khalil" kanaliga bergan intervyusida.
Nurmagomedov jangning to'rtinchi raundida Makgregorni sabmishen evaziga bo'g'ib qo'ygandi. Ushbu to'qnashuv ikki yarim millionga yaqin pullik translyaciyalar sotilgan aralash yakkakurashlar tarixidagi eng daromadli jang bo'lgandi.
Xabib Nurmagomedov irlandiyalik bilan jangdan so'ng engil vazn toifasidagi UFC chempionlik kamarini yana ikki bor himoya qildi. U Dastin Pore va Jastin Getjini muddatidan oldin mag'lub etdi va shundan so'ng professional faoliyatini yakunlaganini elon qilgan edi.

Fikrlar