10 noy 16:08
Yangiliklar
Paralimpiya
Para dzyudo bo'yicha Osiyo chempionatida 9 ta medal qo'lga kiritildi
Kecha Qozog'istonning Ostona shahrida para dzyudo bo'yicha uch kun davom etgan Osiyo chempionati o'z nihoyasiga etdi.
Musobaqada ishtirok etgan O'zbekiston terma jamoasi azolari 1 ta oltin, 5 ta kumush va 3 ta bronza medallariga ega chiqishib, qita birinchiligini umumjamoa hisobida to'rtinchi o'rinda yakunlashdi.
G'olib va sovrindorlarimiz:
Oltin:
Dovurxon Karomatov (J2 -95 kg).
Kumush:
SHohruh Mamedov (J1 -81 kg)
SHerzod Namozov (J2 -70 kg)
Fotima Toirova (J1 -52 kg)
Erkaklar jamoaviy dasturida
Ayollar jamoaviy dasturida.
Bronza:
Otabek Irisbekov (J2 -81 kg)
Tillaqo'zi Karimjonov (J2 -81 kg)
Turg'un Abdiev (J1 -95 kg).
Havola :
Manba : paralympic.uz
Fikrlar