21 iyu 18:10
Yangiliklar
Boks/MMA
Boks tarixi. Lyuis - Klichko jangiga 13 yil bo'ldi (foto+video)
Bundan roppa-rosa 13 yil oldin, 2003 yilning 21 iyunida 37 yoshli Lennoks Lyuis professional faoliyatidagi so'nggi jangini o'tkazgandi.
WBC/IBO kamari uchun bo'lgan jangda u ukrainalik Vitaliy Klichkoga qarshi ringga chiqqandi.
Klichko WBC kamari uchun asosiy davogar hisoblangani uchun ushbu jang o'tkazilgan. Jang uchun Lyuisga 7 million dollar vada qilingandi. Klichko esa 1,4 million dollar ishlab olgan. Jangni "Staples Center" arenasida 15 mingdan ortiq muxlis tomosha qilgan. Dunyo bo'ylab esa 4,6 milliondan ortiq tomoshabinlar TV orqali tomosha qilishgan.
Ushbu jang Klichkoning qoshi yorilib ketishi natijasida oltinchi raundda to'xtatilgan.
Klichko jangdan so'ng
2004 yilning 6 fevral kuni Lennoks Lyuis faoliyatini yakunlashini malum qilgan.
Jang videosini tomosha qiling
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar