So’nggi yangiliklar

12:45"Манчестер Юнайтед"нинг 16 ёшли тарбияланувчиси "Реал"га ўтишга яқин турибди 0 12:14Тедди Ринер Ўзбекистонга келади 0 11:43Махачев UFC'даги учинчи чемпионлик ҳақида: "Бунинг учун Ўзбекистонда қолиб бир ой ош ейишим керак" 0 11:12Бугун Акбар Жўраев Жаҳон чемпионатида медаль учун курашади 0 10:51Жезуш Роналдунинг Португалия терма жамоасидаги фаолиятини якунлаш қарорига муносабат билдирди 0 10:09Тошкентда самбо бўйича 50-жаҳон чемпионати бошланди 0 22:18Емельяненко, Махачев ва бошқалар. Самбо бўйича Жаҳон чемпионати олдидан матбуот анжумани ташкил этилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 19:49Сабирханга ўзбекистонлик нокаутчидан узоқроқ бўлиш тавсия этилди 0 17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0

08 noy 09:28
Yangiliklar

Boks/MMA

Boks: Toshkentdagi jahon chempionati g'oliblari 200 ming dollarga ega bo'ladi

Kecha Xalqaro boks associaciyasi (IBA) prezidenti Umar Kremlyov ishtirokida matbuot anjumani o'tkazildi.

Unda tashkilot rahbari 2023 yilgi jahon chempionati 1-14 may kunlari Toshkentda o'tkazilishini tasdiqladi. 

"Ishonamanki, boks bo'yicha erkaklar o'rtasidagi jahon chempionati yuqori darajada o'tkaziladi va tarixdagi eng zo'rlaridan biri bo'ladi. Men O'zbekistonda bo'lganman va u erda musobaqalar qanday tashkil etilishini ko'rganman. U erdagi professionalizim va boksga bo'lgan mehr ko'p mamlakatlar uchun namuna bo'ladi. Toshkentda yangi chempionlarni ko'rishni sabrsizlik bilan kutmoqdaman. 

Tarixda ilk bora bizda rekord miqdordagi mukofot jamg'armasi bo'ladi - 5,2 million AQSH dollari. Birinchi o'rin uchun 200 ming AQSH dollari, ikkinchi o'ringa 100 000 AQSH dollari, bronza medali sohiblariga esa 50 ming dollardan beriladi", - dedi IBA prezidenti Umar Kremlyov. 

- - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - -

Oltin: 200 000 AQSH dollari

Kumush: 100 000 AQSH dollari

Bronza: 50 000 AQSH dollaridan

- - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - -

O'z navbatida, O'zbekiston boks federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Saken Polatov Toshkent "jahon boksi poytaxti" bo'lishidan mamnun ekanligini takidladi. 

"Bu tasodifan bo'lib qolgani yo'q, O'zbekistonda uzoq yillardan beri saqlanib kelinayotgan boy boks ananalari bunga sababdir. O'zbekiston boks oilasi nomidan shuni aytishim mumkinki, mamlakatimiz boks bo'yicha erkaklar o'rtasidagi jahon chempionatini yuqori saviyada o'tkazish uchun barcha ishni qiladi", - dedi Saken Polatov.

Reyting: +2   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing