18 iyu 17:15
Yangiliklar
Boks/MMA

Boks. Uch nafar qizimiz Qozog'istondagi "Prezident kubogi"da jang qildi
Nur-Sultan shahrida davom etayotgan "Prezident kubogi" xalqaro turnirida bugundan qizlarimiz ham bahslarga kirishishdi.
-51 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qiladigan bokschimiz Tursunoy Rahimova ilk bosqichda mezbon sportchi, ikki karra jahon chempioni Nazim Kizibayga qarshi jang qildi va 1:4 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Rayhona Qodirova esa boshqa bir mezbon sportchi Karina Ibragimovaga yutqazdi. -69 kg vazn toifasidagi SHaxnoza Yunusova esa qozog'istonlik Marina Volnovaga yutqazdi. Birozdan so'ng erkaklar o'rtasidagi bellashuvlar start oladi. Unda to'rt nafar bokschimiz jang qiladi.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar