04 jan 14:32
Yangiliklar
Boks/MMA
Bokschi nokaut bo'lganidan 3 kun o'tib vafot etdi
Tanzaniyalik 29 yoshli bokschi Xassan Mgayya nokaut evaziga mag'lub bo'lganidan uch kun o'tib, vafot etdi.
U 27 dekabr kuni Tanzaniyaning Dar-es-Salame shahrida o'tkazilgan boks oqshomida yurtdoshi Pol Elias tomonidan nokautga uchratilgandi.
U 5-raundda boshidan bir necha kuchli zarbalarni o'tkazib yuborgan. Keyin ringga qulagan.
Mgayaning prof ringdagi rekordi 3-4-2 ni tashkil etardi.
Havola :
Manba : The Citizen
Fikrlar