04 okt 09:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Bokschi qizlarimiz Bolgariyadagi xalqaro turnirga yo'l olishdi
5-10 oktyabr kunlari Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida boks bo'yicha ayollar o'rtasida xalqaro turnir tashkil etiladi.
Ushbu musobaqada o'zbekistonlik bokschi qizlar ham ishtirok etishadi. Qizlarimiz bugun Istanbul orqali Sofiya shahriga jo'nab ketishdi.
Terma jamoamiz Bolgariyaga quyidagi tarkibda yo'l oldi:
-48 kg: Gulasal Sultonalieva
-50 kg: Marjona Savrieva
-52 kg: Tursunoy Rahimova
-54 kg: Sitora SHagdarova
-57 kg: Sitora Turdibekova
-60 kg: Dilfuza Bekova
-63 kg: Mohinabonu Abdullaeva
-66 kg: Xadichabonu Abdullaeva
-66 kg: SHaxnoza Yunusova
-75 kg: Sohiba Ro'zmetova
Murabbiylar: Lochin Qo'chqorov, Islom Tojiboev, Zokir SHarofov.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : t.me/boxinguzbekistan
Fikrlar