18 apr 09:02
Yangiliklar

Bokschilarimiz Osiyo chempionatiga yo'l olishyapti+FOTO
Terma jamoamiz delegaciyasi 2000-2001 yillarda tug'ilgan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etish maqsadida Tailand poytaxti Bangkok shahriga jo'nab ketmoqda. Qita chempionati 19-28 aprel kunlari oralig'ida bo'lib o'tadi.
Osiyo chempionatida 10 nafar o'g'il, 5 nafar qiz bola sportchilarimiz yurtimiz sport sharafini himoya qilishadi. Umumiy O'zbekiston delegaciyasi tarkibidan 26 kishi o'rin olgan.
Tarkib (o'g'il bolalar)
49 kg: Sodirbek Kamolmirzaev
52 kg: Samandar Xolmurodov
56 kg: Abdumalik Xalokov
60 kg: Ramazon Ziyatov
64 kg: Halimbek Utegenov
69 kg: Jahongir Rahmonov
75 kg: Navo Tamazov
81 kg: Temur Merjanov
91 kg: Javohir Tog'aymurodov
+91 kg: Jamshidbek Mahamadaliev
Tarkib (qizlar)
51 kg: Xursanoy Xolmatova
54 kg: Maftuna Fayzullaeva
57 kg: Nasiba Xayrullaeva
60 kg: Mahliyo Rahimova
75 kg: Navbahor Hamidova
Murabbiylar shtabi: Hamid Tangribergenov, Lochin Qo'chqorov, Behzod Hidirov, Davron G'ofurov, Farrux Qilichev, SHerzod Eshquvvatov
Fikrlar