10 sen 07:33
Yangiliklar
Bokschilarimiz Osiyo o'yinlari oldidan Yaponiyaning o'zida yig'in o'tkazishmoqda
Mazkur nufuzli musobaqada munosib ishtirok etish va yurtimiz sharafini munosib himoya qilish maqsadida boks bo'yicha milliy terma jamoamiz tayyorgarlikning so'nggi bosqichini aynan kunchiqar yurtda o'tkazish uchun jo'nab ketdi.
Bokschilarmiz 2-9 va 9-16 sentyabr kunlari Nisio shahrida joylashgan sport bazasida xalqaro qo'shma o'quv-mashg'ulot yig'inida ishtirok etadi.
Endi sportchilarimiz musobaqa o'tkaziladigan muhitga moslashgan holda, murabbiylar shtabi rahbarligida tayyorgarlikning hal qiluvchi bosqichini davom ettiradi.
Yig'inga yo'l olgan terma jamoamiz tarkibi bilan tanishing:
Samandar Olimov
Asilbek Jalilov
Faryozbek Do'smatov
Abdumalik Xalokov
Sanjarbek Vaxobov
Abdurahmon Mahmudjonov
Dilshod Abdumurodov
Ilhomjon Ergashev
SHavkatjon Boltaev
Abdulloh Madaminov
Fazliddin Erkinboev
Nurislom Ismoilov
Norbek Abdullaev
To'rabek Habibullaev
Akmaljon Isroilov
Halimjon Mamasoliev
Arman Maxanov
Jahongir Zokirov.
Bosh murabbiy: To'lqin Qilichev
Murabbiylar: Xuan Enrike Steyners, Rahmatjon Ro'ziohunov, Akmal Hasanov, Davron Gafurov, Nodir G'ulomov, Alimardon Dostonov, SHerzodbek Ahmadjonov, Botir Mahmudov, Dmitriy Sinitskiy, Javlon Eshmatov.
SHifokor: Komiljon Rasulov.
Fizioterapevt: Xesus Alberto.
Fikrlar