19 apr 12:21
Yangiliklar

Bokschilarimiz Tailandda Osiyo chempionatiga tayyorgarlikni boshlashdi+FOTO
Qita chempionati 21 aprel kunidan boshlanadi va 28 aprelga qadar davom etadi. Osiyo chempionatida 10 nafar o'g'il, 5 nafar qiz bola sportchiimiz yurtimiz sport sharafini himoya qiladi. Umumiy O'zbekiston delegaciyasi tarkibidan 26 kishi o'rin olgan.
Bugundan bokschilarimiz Hamid Tangribergenov, Lochin Qo'chqorov, Behzod Hidirov, Davron G'ofurov, Farrux Qilichev, SHerzod Eshquvvatov murabbiyligida mashg'ulotlarni boshlashdi.
Tarkib (o'g'il bolalar)
49 kg: Sodirbek Kamolmirzaev
52 kg: Samandar Xolmurodov
56 kg: Abdumalik Xalokov
60 kg: Ramazon Ziyatov
64 kg: Halimbek Utegenov
69 kg: Jahongir Rahmonov
75 kg: Navo Tamazov
81 kg: Temur Merjanov
91 kg: Javohir Tog'aymurodov
+91 kg: Jamshidbek Mahamadaliev
Tarkib (qizlar)
51 kg: Xursanoy Xolmatova
54 kg: Maftuna Fayzullaeva
57 kg: Nasiba Xayrullaeva
60 kg: Mahliyo Rahimova
75 kg: Navbahor Hamidova
Murabbiylar shtabi: Hamid Tangribergenov, Lochin Qo'chqorov, Behzod Hidirov, Davron G'ofurov, Farrux Qilichev, SHerzod Eshquvvatov
Suratlar O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati tomonidan taqdim etildi
Fikrlar