24 noy 07:46
Yangiliklar

Bokschilarimiz taroziga chiqishdi, ertaga jang, ikkitasi chempionlik FOTO!
Mazkur boks kechasi doirasidagi 3ta jang bevosita o'zbekistonlik charm qo'lqop ustalari ishtirokida o'tkaziladi. Janglardan ikkitasi chempionlik maqomida bo'ladi.
Professional boksdagi debyutini o'tkazadigan Isroil Madrimov chempionlik kamari uchun meksikalik Vladimir Ernandesga qarshi ringga ko'tariladi.
Murodjon Ahmadaliev o'ziga tegishli bo'lgan WBA International chempionlik kamarini amerikalik Isaak Zaratedan himoya qiladi. Buxorolik SHahram G'iyosov esa meksikalik Migel Zamudioga qarshi reyting jangi o'tkazadi.
Isroil Madrimov (O'zbekiston) – Vladimir Ernandes (Meksika)
SHahram G'iyosov (O'zbekiston) – Migel Zamudio (Meksika)
Murodjon Ahmadaliev (O'zbekiston) – Isaak Zarate (AQSH)
Bugun tong saharda bokschilarimiz ananaga ko'ra tarozidan o'tish marosimida ishtirok etishdi. Uchchala charm qo'lqop ustamiz ham belgilangan vazn meyorini bajarishdi.
Eslatib o'tamiz, hamyurtlarimiz ishtirokidagi janglarni “Sport” hamda Match TV telekanallari orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin bo'ladi. Translyaciya soat 07:00da boshlanishi rejalashtirilgan.
Fikrlar