19 fev 12:00
Yangiliklar
Boks/MMA

Bokschilarimiz xalqaro turnirda ishtirok etish uchun Ukrainaga jo'nab ketishdi
22-27 fevral kunlari Ukrainaning Krivoy Rog shahrida boks bo'yicha Sobiq Ittifoq sport ustasi A.Asaulenko xotirasiga bag'ishlangan xalqaro turnir tashkil etiladi.
Ushbu musobaqada O'zbekiston terma jamoasi vakillari ham ishtirok etishadi. Bugun terma jamoamiz azolari xalqaro turnirda qatnashish uchun jo'nab ketishdi.
Terma jamoamiz Ukrainaga quyidagi tarkibda yo'l oldi:
-52 kg: Sodirbek Kamolmirzaev
-57 kg: Abdumalik Xalakov
-57 kg: Xurshid Rasuljonov
-63 kg: SHunqor Abdurasulov
-69 kg: Jahongir Rahmonov
-69 kg: Javlonbek Yuldashev
-75 kg: Saidjamshid Jaffarov
-81 kg: Temurxon Soburov
-91 kg: SHohjahon Abdullaev
+91 kg: Jamshid Xudoyberganov
Murabbiylar: Ilyas Rahimjanov, Davron Gafurov, Qo'ldoshboy Tojiboev.
SHifokor: Komiljon Rasulov.
Hamyurtimiz Ahmed Fozilov musobaqada hakam sifatida faoliyat olib boradi.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : t.me/boxinguzbekistan
Fikrlar