28 mar 17:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Bokschilarimiz yoshlar o'rtasidagi xalqaro musobaqada ishtirok etadilar
30 mart - 4 aprel kunlari Qozog'istonning Turkiston shahrida boks bo'yicha yoshlar o'rtasida xalqaro musobaqa bo'lib o'tadi.
Olimpiya o'yinlari chempioni Bekzat Sattarxanov xotirasiga bag'ishlangan XVII ananaviy xalqaro turnirda 11ta vazn toifasida 2000-2001 yillarda tug'ilgan bokschilar ishtirok etishadi.
Vakillarimiz musobaqada quyidagi tarkibda ishtirok etadilar:
-56kg: Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev
-60kg: Javlonbek Yo'ldoshev
-69kg: Jamshidbek Mahamadiev
-69kg: Jahongir Yo'ldoshev
-69kg: Asadbek Jumaniyozov
-75kg: Suhrob Qayumov
-81kg: Jamshidbek Xudoyberganov
-81kg: Timur Merjanov
-91kg: Javohir Tog'aymurodov.
Murabbiylar: Oman Kazakov, Ilhom Ortiqov, Botirjon Mahmudov.
SHuningdek, hamyurtimiz Alisher Polvonov musobaqada hakamlik vazifasini bajaradi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar