27 fev 15:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Bokschimiz Mirzakamol Nematov kamar uchun jang qildi
Bokschimiz Mirzakamol Nematov kecha Moskva shahrida 40 yoshli mezbon sportchi Marat Xuzeev (21-17-1)ga qarshi ringga ko'tarildi.
"SHAMO BOXING" promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan oqshomda hamyurtimiz WPBF Intercontinental kamariga ega chiqdi. 10 raundga mo'ljallangan jangda bokschimiz 1-raunddayoq g'alabaga erishdi.
Xuzeev faoliyati davomida SHohjahon Ergashevning sobiq raqibi Dmitriy Miliusha bilan ham to'qnashgani haqida xabar bergan edik.
Nematov uchun bu prof boksdagi to'rtinchi jang edi. 23 yoshli charm qo'lqop ustamiz ularning barchasida g'alabaga erishgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar