So’nggi yangiliklar

14:23Рамазон Темиров кейинги жангини қайси ойда ўтказиши мумкинлигини айтди 0 13:55«Формула-1» Баҳрайн Гран-приси мезбонлигини Малайзияга кўчирди 0 13:28Богдан Гусковнинг қиёфадоши АҚШда учта жиноят моддаси бўйича ҳибсга олинди 0 12:57Моуриньонинг асосий вазифаси маълум бўлди 0 12:30Ўзбекистон аёллар терма жамоаси “CAVA Beach Volleyball Championship” турнири ғолиби 0 11:54Svijany Open. Султоновнинг рейтингда ўзидан 213 поғона юқоридаги рақибга қарши баҳси бир сет давом этди 0 11:28Ўзбекистон - АҚШ тарихий матчи минимал устунлик билан якунланди. Накамура, Аронян, Каруана, Со сингари жаҳон юлдузлари бир неча бор мағлуб этилди 0 11:04Флик "Барселона" учун янги трансфер бўйича қарор қабул қилди 0 10:25Абдулазиз Холмирзаев Бокуда ўтказилаётган спорт курашлари бўйича U17 жаҳон чемпионатида дастлабки медалимизни келтирди 0 09:49Mubadala DC Open. Кудерметова дунёнинг 40-ракеткасини мағлуб этди 0 09:21Шара Буллет Нурсултон Рўзибоев ўрнига Пейж билан жанг қилишга тайёр 0 08:53Европа ассоциациялари ФИФАга бойкот эълон қилиши мумкин 0 08:18Ярим оғир вазнда ҳам UFC рейтинги янгилади: Богдан Гусков Топ-10`даги ўрнини сақлаб қолдими? 0 21:34Яхши хабар! Рамазон Темиров рейтингга қайтарилди 0 19:08Шаҳрамга ҳам, Шоҳжаҳонга ҳам муддатидан аввал ютқазган Марк Урванов Ғиёсов — Эргашев эҳтимолий жангида ким ғалаба қозонишини айтди 0

03 iyu 12:35
Yangiliklar

Tokio-2020

Bokschimiz SHahram G'iyosov Olimpiadadagi shiorini oshkor qildi

Teglar :  BoksRioG'iyosov
Rio-2016 Olimpiadasida Vatanimiz sharafini boks bahslarida himoya qiluvchi SHahram G'iyosov to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasidagi shiorini oshkor qildi.

Bu haqida “Feysbuk” ijtimoiy tarmog'ida Uzbek Boksi Fanatlari xabar bermoqda. -69 kg vazn toifasidagi bokschimiz ilk marotaba Olimpiadada ishtirok etadi.

Savol: SHioringiz?

Javob: O'zbekiston kelajagi buyuk davlat (Islom Karimov)!

Savol: Rio Olimpiadasida siz uchun eng muhimi?

Javob: Eng muhimi, avallambor, g'alaba qozonish va O'zbekiston bayrog'ini baland ko'tarish. Jamoamizning umumjamoa hisobida birinchi o'rinni qo'lga kiritishiga xissamni qo'shish.

Savol: Olimpiya o'yinlari sizning tasavvuringizda...?

Javob: Olimpiadani tasavvur qilishim judayam qiyin. Boisi, bu meni birinchi olimpiadam. Eng katta va nufuzli musoboqam. Men chin yurakdan judayam xursandman. O'ylaymanki, bu men kutgan Olimpiada! 

Savol: Simferopoldagi xalqaro turnir sizning faoliyatingizda alohida ahamiyatga ega ekan. Nima uchun?

Javob: Boisi, men aynan mana shu musobaqadagi muvaffaqiyatli ishtirokdan so'ng xalqaro toifadagi sport ustasi unvonini qo'lga kiritganman. 

Savol: Mag'lubiyatga uchrashdan qo'rqasizmi? 

Javob: Nafaqat boksda, balki boshqa sport turlarida ham mag'lubiyatga uchrashdan qo'rqmaydigan sportchining o'zi bo'lmasa kerak. Lekin bazi hollarda bu narsa foydaga ishlashi ham mumkin. 

Savol: Vazningizni o'zgartirganingizdan afsuslanmaysizmi?

Javob: Aslo. Aksincha, bu menga foyda bo'ldi. Aynan yangi vazn toifasida men to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasida ilk bor ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdim. 

Savol: Ko'pchilik sportchilar tushkun holatga tushib qolganlarida, sportdan ketmoqchi ekanliklarini aytishadi. Sizda ham shunday holat yuz berganmi?

Javob: Ha, bunday holat bo'lgan. Lekin o'z vaqtida o'zimni qo'lga olib, olg'a qadam tashlaganman. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing