So’nggi yangiliklar

20:18Таэквондочи қизларимиз Тайюан турнирини 2 та бронза медали билан якунлашди 0 19:47"Милан" Леау "Галатасарой"га ўтганини эълон қилди 0 19:19Бухоро “Uzbekistan Judo Tour” ғолиб ва совриндорлари аниқланди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 18:53Рожер Федерер теннис шон-шуҳрат залига киритилди 0 18:36Мужибилло Турсунов Россиядаги IBA турнирида ғалабага эришди 0 18:17Мозес Итаумани рингдан замбилда олиб чиқиб кетишди (ВИДЕО) 0 17:44Ян Диоманденинг "Реал"га трансфери мадридликларга 230 миллион еврога тушади 0 17:08Бу факт: Нурсултон Рўзибоев UFC'да энг узун ғалабали сериядаги тўрт жангчидан бири! 0 16:35US Open 2026. Бугун Раҳимова, эртага Тимофеева асосий тўрдаги иштирокини бошлайди 0 16:01Гусковнинг мураббийи: "Мағлубият сабабини биламан" 0 15:36"Ман Сити" "Ливерпуль" футболчисига 99 млн таклиф қилишга тайёр — Романо 0 15:03"Барча Умар Нурмагомедовни бўлажак чемпион деб ҳисобларди, нима бўлганини кўрдингизми?" - Сонг Ядонг 0 14:31"ММАга қайтиш учун энди қарилик қиламан" - Забит Магомедшарипов 0 13:57Статистикага кўра Хргович жанг тўхтатилган вақтда Итаумага ютқазаётганди 0 13:30Лео Месси тарихда иккинчи ўринга кўтарилиб oлди 0

23 mar 12:16
Yangiliklar

Boks/MMA

Bokschimiz WBC kamari uchun qozog'istonlik raqibiga qarshi ringga chiqadi + POSTER

Bu haqda Qozog'iston nashri Relentless Drive Promotion kompaniyasiga tayangan holda xabar berdi.

CHarm qo'lqop ustamiz Abdurasul Ismoilov (11-3-1, 7 KO) qozog'istonlik bokschi Dulat Bekbauov (2-0-0, 2 KO)ga qarshi WBC Greater Turan mintaqaviy kamari uchun chempionlik jangini o'tkazadi. Ushbu jang 28 mart kuni Qozog'istonning Taraz shahrida bo'lib o'tadi.

"Dulat Bekbauov - Abdurasul Ismoilov — WBC Greater Turan Title kamari uchun. Qozog'iston va O'zbekiston bokschilari o'rtasida WBC kamari uchun 10 raundlik jang bo'lib o'tadi. Sizni chindan ham afsonaviy kamarga loyiq jang kutmoqda", - deyiladi promoushenning Instagramdagi rasmiy sahifasida.

Bekbauovning havaskorlar o'rtasidagi eng yuqori natijasi 2023 yilda Toshkentda bo'lib o'tgan jahon chempionatining kumush medali bo'lgan. SHuningdek, u ikki karra (2022, 2024) Osiyo vice-chempioni hisoblanadi. Qozog'istonlik professional debyutini 2025 yil iyul oyida o'tkazgan va o'sha yilning dekabr oyida Olmaotada hamyurtimiz Hasanboy Mirzahamroevni uchinchi raundda nokautga uchratgandi.

Abdurasul Ismoilov Rossiya, Vetnam, Koreya Respublikasi, Xitoy kabi davlatlarda faol tarzda o'z janglarini o'tkazib kelyapti. Uning so'nggi jangi 2025 yil fevral oyida Moskvada WBA Asia kamari uchun bo'lib o'tgan. Rossiyalik Artur Subxankulovga qarshi kechgan bahs to'liq davom etgan va unda bokschimiz hakamlarning yakdil qarori bilan imkoniyatni boy bergandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing