25 apr 14:12
Yangiliklar
Boks/MMA
Bokschimizning Dana Uayt Ligasidagi ilk jangi anons qilindi + POSTER
Xabar berganimizdek, o'zbekistonlik bokschi Rahmatullo Boymatov Dana Uaytga qarashli Zuffa Boxing Ligasi bilan shartnoma imzolagandi.
Bokschimiz ligadagi ilk jangini 10 may kuni o'tkazadigan bo'ldi. Rahmatullo prof boksdagi debyut jangida amerikalik Alarenz Stantonga qarshi ringga ko'tariladi. Raqib shu kungacha prof boksda 10 ta jang o'tkazib, 9 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat qayd etgan.
Mazkur jang yarim og'ir vazn toifasida (79,38 kg), 6 raundlik to'qnashuv bo'ladi.


Havola :
Manba : Zuffa Boxing
Fikrlar