So’nggi yangiliklar

19:35"Манчестер Юнайтед" "Рома" юлдузи билан келишувга эришди 0 18:50Рамазон Темиров: "Зарбаларим аниқроқ борганида, Стив бундан ҳам оғирроқ нокаут бўлиши мумкин эди" 0 18:02Тим Цзю Эррол Спенсни мағлуб этиб, рақибини фаолиятини якунлашга мажбур қилди 0 17:20"Ўзбекистонда ҳам чемпион бўлади. Буни биринчи бўлиб, ўзим бажараман" — Рамазон Темиров 0 16:03Ўзбекистон U-20 аёллар терма жамоаси – CAFA чемпиони! 0 15:10Рамазон Темировнинг жангдан кейинги фикрлари қандай бўлди? 0 14:01Парижда кураш бўйича Президент соврини учун мусобақа ўтказилди 0 13:07Махлуқ ролидаги Шоҳжаҳон Эргашев, тепкиланган Одилхон ва бошқалар. Тошкентдаги проф бокс оқшомидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 12:19Суперлига. Бугун Тошкент дербиси бор 0 01:00Ўзбекистонлик жангчилар иштирокидаги Octagon 89 турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 00:31UFC Abu-Dhabi турнирининг бонус эгалари эълон қилинди. Рамазон Темиров рўйхатда борми? 0 00:23Кутганмидингиз?! Шоҳжаҳон Эргашевнинг Марк Урвановга қарши жанги биринчи раунддаёқ ниҳоясига етди 0 00:00Гусков Анкалаевга, Темиров эса Эрцегга қарши жанг қилди! UFC Abu-Dhabi турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 23:54UFC ABU-DHABI. БОГДАН ГУСКОВНИНГ МАГОМЕД АНКАЛАЕВГА ҚАРШИ МАРКАЗИЙ ЖАНГИ БЕШИНЧИ РАУНДДА ЯКУНЛАНДИ! 0 23:01РАМАЗОН ТЕМИРОВ ИШТИРОКИДАГИ CO MAIN EVENT ЖАНГИ БИРИНЧИ РАУНДДА ЯКУНЛАНДИ! 0

11 may 16:07
Yangiliklar

Sport kurashlari, Boks/MMA, Kurash, Gimnastika, Tennis, Dzyudo, Engil atletika, Og'ir atletika, Taekvondo, Boshqalar, Tadbirlar, Karate, Tokio-2020

Boku kundaligi, 1-kun. "Brilliant qo'l" filmi yodingizdami?

"Brilliant qo'l" filmini ko'rmagan tomoshabin bo'lmasa kerak. Kinoning "CHyort poberi!" epizodi aynan Boku shahrida "syomka" qilingandi.


Mazkur epizod "Kichik qala" ko'chasida tasvirga olingan. Boku shahri, Kaspiy dengizi bo'yida joylashgan bo'lib, sayyohlarni o'ziga jalb etishi ko'pchilikka malum.

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasining taklifiga ko'ra, faoliyatimdagi sakkizinchi katta musobaqada ishtirok etadigan bo'ldim. "Sokker Klub" ko'rsatuvini yodga olsangiz, xalqaro musobaqalarda qatnashib, oliy ligaga qaytganimda, huddi u er birinchi liga bo'lib ko'zimga ko'rinishini takidlagandim. Xalqaro musobaqalarda qatnashib yurgan OAV vakili hech ham bizning futbolga ko'nika olmaydi, "servis" yo'q.

SHu kunga qadar quyidagi musobaqalarda ishtirok etdim.

1. Qatar. Doxa. 2011. Osiyo Kubogi. 

2. BAA. Ras Al Hayma va Fujeyra. 2012. U19 Osiyo chempionati. 

3. Turkiya. Antaliya, Bursa. 2013. JCH. U-20. 

4. BAA. Dubay, SHarja. 2013. JCH. U-16. 

5. Janubiy Koreya. Incheon. 2014. Osiyo o'yinlari. 

6. Avstraliya. Sidney, Melburn, Brisben. 2015 yil. Osiyo Kubogi. 

7. Qatar. Doxa. 2016 yil. Rio Olimpiada o'yinlarining saralash uchrashuvlari, U-23. 

Sportchilar shaharchasi

Doxada bo'lib o'tgan 2011 yilgi Osiyo Kubogi va Incheondagi Osiyo o'yinlari men uchun juda katta maktab vazifasini bajarib bergan. Ayniqsa, Incheondagi musobaqada sportchilar shaharchasida istiqomat qilganim. Bokuda ham shunday sharoitda, sportchilar shaharchasida faoliyat olib boradigan bo'ldim. Bu esa ishning sifatini oshirish bilan birga, sportchilar bilan bir oila bo'lish imkoniyatini beradi. Qo'shnilarim ham anoyilardan emas, Taekvandochilar. Faqat ular 15 may kuni uchib kelishadi. Yon qo'shni, jon qo'shnilarim qatorida Zafar aka Imomxo'jaev, MOQ marketing bo'limi rahbari Kamoliddin Ergashev, MOQ xalqaro bo'limi boshlig'i, Humoyun Ibragimov. 

Bugunga qadar gandbol, badiiy va sport gimnastikasi, boks, karate, tennis, engil atletika, og'ir atletika va o'q otish sport turlarida qatnashadigan vakillarimiz Bokuga etib keldilar. Musobaqaga jiddiy etibor qaratilgan. SHuning uchun ham MOQ bosh kotibi Oybek Kasimov ham ayni paytda Bokuda. Mazkur musobaqa 2018 yil Indoneziyada bo'lib o'tadigan Osiyo o'yinlari uchun tayyorgarlik vazifasini o'taydi. O'z navbatida Osiyo o'yinlari orqali olimpiadaga hozirlik ko'ramiz. Bokudagi musobaqada asosan ikkinchi va uchinchi tarkib azolari qatnashayaptilar. Bu ular uchun asosiy tarkibga kirish uchun katta imkoniyat.

Sportchilar shaharchasiga Ozarbayjonning sobiq Prezidenti Xaydar Aliev nomi berilgan.

Medallar uchun kurashda O'zbekiston qatorida, mezbon Ozarbayjon, Turkiya va Qozog'iston delegaciyalari asosiy favoritlardan biri hisoblanadilar. 

Avlodlar almashuvi paytiga to'g'ri kelib qolgan gandbolchilarimizning musobaqadagi ishlari yurishmayapti. Ertaga badiiy gimnastika, tennis va boks turlari bo'yicha musobaqalar start oladi. Ochilish marosimi Toshkent vaqti bilan soat 22:00da boshlanishi rejalashtirilgan. Katta ehtimol musobaqaning barcha o'yinlari "Sport TV" orqali namoyish etiladi. Turnir tashkilotchilarining bizga malum qilishlaricha, barcha hamkor davlatlarga translyaciya huquqi bepul taqdim etilgan.


Nodirxo'ja Yuldashev.

Ozarbayjon, Boku.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing