12 apr 15:37
Yangiliklar
Boks/MMA

Boku UFC turnirining asosiy jangi rasman tasdiqlandi
Xabaringiz bor, 21 iyun kuni Ozarbayjon poytaxti Boku shahri o'z tarixida ilk bor UFC turniriga mezbonlik qiladi.
Dunyoning eng kuchli Ligasi rasmiylari Boku turnirining asosiy jangini rasman tasdiqlashdi. Unda amerikalik yarimog'ir vazn toifasi jangchilari - sobiq chempion Jamal Xill hamda Xalil Rauntri o'zaro to'qnash keladi.
Avvalroq, Xill - Rauntri jangining 26 aprel kuni Kanzas-Sitidagi turnir doirasida o'tkazilishi aytilgan edi. Ammo divizionning sobiq chempioni jarohat olishi natijasida bu jang kechroq muddatga qoldirilgandi. Kanzas-Sitidagi turnirning asosiy jangi yarimo'rta vazn toifasida Yen Machado Gerri va Karlos Prates o'rtasida kechadi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar