02 apr 23:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Bokudagi xalqaro turnirida qatnashgan bokschilarimiz Toshkentda tantanali kutib olindi FOTO
Xabaringiz bor, 27 mart - 1 aprel kunlari Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida boks bo'yicha xalqaro "Buyuk ipak yo'li" turniri bo'lib o'tdi.
Musobaqada o'zbekistonlik charm qo'lqop ustalari ham ishtirok etib, 3 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medaliga sazovor bo'lishgandi. Terma jamoamiz musobaqa yakuniga ko'ra umumjamoa hisobida mezbonlardan so'ng ikkinchi o'rinni qo'lga kiritishgandi.
Bugun musobaqada ishtirok etgan bokschilarimiz yurtimizga qaytib kelishdi. Ularni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O'zbekiston boks federaciyasi mutasaddilari, sportchilarning yaqinlari, muxlislar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari kutib olishdi.
Etiboringizga kutib olish marosimidan suratlarni havola qilamiz:
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar
16 dan 19 aprelgacha yetib kelish joylashish miting va tashkiliy masalalar hal qilinadi janglar 19 aprel ochilish marosimi bilan boshlanadi va 21 aprelgacha davom etsa 22 -23 aprel sanasiga chorak final janglari,24 aprel dam olish kuni 25 aprel yarim final janglari 26 aprel esa final janglari otkaziladi.
manba: asianboxing.info
marhamat adminlar tayyor maqola uchun