So’nggi yangiliklar

12:47Алонсонинг ўрнига "Реал"ни бошқариш учун асосий номзод маълум 0 12:26Ислам Махачев Оқ уйдаги турнирда жанг қилиш ҳақидаги саволга жавоб берди 0 12:05Янги чемпион Фабио Уордлининг қачон қайтиши айтилди 0 11:44Олег Тактаров: "Дана Уайт Махачевнинг мағлуб бўлишини хоҳлайди" 0 11:23Бешта жамоа EЧЛ плей-офф йўлланмасини нақд қилди 0 11:02Дана Уайт Ронда Роузига ишонмайди 0 10:41Белбоғли кураш. Нукусда Ўзбекистон Кубоги ўтказилди 0 10:20Бугун 9 нафар боксчимиз IBA Жаҳон чемпионати финал чиптаси учун рингга чиқади (Жуфтликлар) 0 09:59EЧЛ. Ҳафта футболчисига кимлар номзод? 0 09:38Арман Царукян Шара Буллетга қарши жанг ўтказади + ПОСТЕР 0 09:17Президент Кубоги. Икки гроссмейстеримиз Топ-3`да. Шахматчиларимиз 7-турда қандай натижа қайд этишди? 0 08:56Paramount 2026 йилда UFC нечта турнир ўтказишини маълум қилди 0 08:35ЕЧЛ. "Арсенал"да 6 та учрашувда 100 фоизлик натижа, ПСЖда дуранг ўйнади ва бошқа натижалар + ЖАДВАЛ 0 08:14UFC on ESPN 73 турнирининг тўлиқ карди тасдиқланди 0 07:53IBA Жаҳон чемпионатининг 1/2 финалига қайси давлатдан неча нафар боксчи етиб келди? 0

26 avg 11:59
Yangiliklar

Gimnastika, Tokio-2020

"Bolam kasalligida va shu safar". Oksana CHusovitina yig'lagan damlari haqida gapirdi

Teglar :  Oksana CHusovitina
O'zbek sporti afsonasi Oksana CHusovitina o'z intervyusida ikki marotaba yig'lagani haqida gapirdi.

- Milliy olimpiya qo'mitasining bayroqdorni o'zgartirish qaroridan so'ng siz "motivaciyani o'ldirishdi" deya munosabat bildirdingiz. Professional sportchi uchun motivaciya nima? Bu nimalarda aks etadi?

- Sportchining motivaciyasi... Buni tushuntirib bera olmayman, bularning barchasi ich-ichimda ro'y berdi. 

Men pozitiv insonman, doimo qandaydir yomon narsadan ham yaxshilik izlab, o'zimni xotirjam qilaman. Hayotimda ikki marotaba yig'laganman: Birinchisi bolam kasal ekanligida (2001 yilda Oksananing ikki yoshli bolasida leymiya kasalligi aniqlangan - tahr.) va shu safar. O'sha payt juda og'ir bo'ldi. O'zimni musobaqaga tayyorlash uchun o'zim bilan gaplashdim, ammo kelisha olmadim. Agar bu narsa avvalroq ro'y berganida balki xotirjamroq bo'lardim, ammo musobaqaga bir kun qolganida...

Men musobaqaga chiqqanimda o'zim bilan birga bo'ladigan "olov", energiya yo'q edi. Xuddi unga suv quyib yuborishgandi. Tutamoqda, lekin olov yonib ketmasligini tushunasan. SHunda barchasi afsuslanarli ekanligini tushundim, ammo, shunday bo'lishi kerak ekan", - deya CHusovitinaning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Anhor.uz sayti

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing