11 iyu 20:24
Yangiliklar
Bo'lishi mumkin emas! Konor yana Porega mag'lub bo'ldi, ammo keyingi jangda kamar uchun yana kurashishi mumkin
Dana Uaytning aqlbovar qilmas qarorlari
Konor va Pore trilogiyasi istalganidek tugamadi.
Jangchilardan birining haqiqiy g'alabasi qarama-qarshiliklarga nuqta qo'yar edi, biroq Makgregorning singan oyog'i buni imkonsiz qilib qo'ymoqda. Irlandiyalikning jarohati dahshatli, lekin mana shu Konorning boshqa muammolariga: u haqiqatan, birinchi raundda mag'lubiyatga uchragani, Dastinga hech qanaqasiga qarshi kurasha olmagani va raqibidan kuchsizligiga echim bo'lishi mumkin.
Endi jarohat Konorga, uning murabbiyiga, muxlislariga va Dana Uaytga har qanday tanqidni: “Agar shunaqa bo'lmaganda, biz bunaqa qilardik”, kabi gaplar bilan engish imkonini beradi.
Uayt-Makgregorning asosiy muxlisi-aqlbovar qilmas scenariy yani Konor ikki marta texnik nokautga uchraganiga qaramasdan uni kamarga davogarlik qilish imkoniyati ustida ishlayapti.
Konor va Pore trilogiyasi kamarga davogarni aniqlab berdi. Dastin buni uddasidan chiqdi, lekin Uayt to'rtinchi jangni istayapti
UFC 264 dagi jangdan oldin Dana Uayt g'olib kamar uchun jang qilishini malum qilgan edi. CHempionlik kamari maydan beri CHarliz Oliveyra: Maykl CHendlerni nokaut qilgan, keyingi raqibi kim bo'lishi va uning harakatlarini kuzatish uchun 11-iyulda Las-Vegasga kelgan jangchida edi.
Oliveyre Konorni tahmin qilgan edi, chunki unda pul ko'p, matbuot u haqida gapiradi va raqib sifatida Porega qaraganda Makgregor bilan kurashish osonroq.
Jangdan bir kun oldin CHarlz:”Konor nokaut bilan Poreni engadi”,-degan edi.
Biroq Dastin g'alaba qozondi. Birinchi raundning oxirida Makgregorning oyog'i sindi, Pore texnik nokaut bilan g'alabani qo'lga kiritdi, shuning uchun Oliveyraning raqibi amerikalik bo'ladi. Jangdan keying matbuot anjumanida UFC prezidenti buni tasdiqladi, lekin etiborini ko'proq Konorga qaratdi.
Uayt: “Bu Konorning oxirgi uchta jangda oyog'idan olgan ikkinchi jarohati. Bu juda yomon. Hech kim jangni shunday yakun topishini istamaydi. Men Konor bilan oktagondaligidagina gaplasha oldim.
Dastin engil vazn toifasida kamar uchun jang qiladi. Konor tuzalganidan keyin balki, Pore bilan revansh bo'lishi mumkin. Ularning qarama-qarshiliklari hali tugadi, deb o'ylamayman. Jangni bunday tugatish mumkin emas”,-deb aytgan.
Dana Konor va Porening to'rtinchi jangi bo'lishi mumkinligini aytib o'tdi. Bundan ko'rinadiki, imkonsiz narsaning ham yo'lini topish mumkin. Demak, Makgregor keyingi jangda kamar uchun kurashadi. Yani:
Pore Oliveyrani engadi va chempion bo'ladi.
UFC Konor-Pore o'rtasidagi to'rtinchi jangni tashkillashtiradi, kamar uchun Makgregorning qaytishi va rekord darajada PPV'ga ega bo'ladi.
Tabiiyki, Uayt Konorni qo'lidan kelgancha qo'llab-quvvatlaydi, chunki tashkilotning asosiy aktivlari u orqali qo'lga kiritiladi. Hozir trilogiyani tugatmaslik uchun Danada bahona bor. Bu-jarohat. Matbuot anjumanida Uayt uchta hakamdan ikkitasi Porega birinchi raundni g'alaba bilan bergani haqida hech narsa demadi. Xuddiki, Dana uchun Dastin hech qanaqa kuchli chiqish qilmadi, unga hammasidan ko'ra Makgregorning kelajagi kerak.
Agar Pore kamarni qo'lga kiritsa, tashkilotning ketma-ket ikki marta mag'lubiyatga uchragan Konor kabi odamni kamarga qayta davogarlik qilish uchun imkoniyat berishi birinchisi bo'lmaydi. Bungacha ikki marta ham UFC shu yo'lni qo'llagan edi, OAVni boshqardi hamda har ikkala jang ham 2020-yilda bo'lgan edi.
O'tgan yili mart oyida chempionlik jangida Israel Adesanga qarshi Yoel Romero kurash olib bordi. U bu vaqtga qadar Robert Uittaker va Paulo Kostaga mag'lub bo'lgan edi, lekin bu UFC Romeroni Adesanga qarshi eng xavfli raqib sifatida qo'yishiga hech qanday to'siq bo'lmadi. Natijada, Israel hakam qarori bilan osonlikcha g'alabani qo'lga kiritdi, Uayt esa ushbu jangni tashkilot tarixidagi eng zerikarli o'yinlar qatoriga kiritdi.
Iyul oyida UFC 251 da engil vazn toifasida Petr Yan va Joze Aldo o'rtasida jang bo'lib o'tdi. Rossiyalik jangchi kamar uchun aniq davogar bo'lgan bo'lsa, braziyalikka ismi sabab ochiqchasiga jangni sovg'a qilishdi. Bungacha u Aleks Volkanovskidan mag'lub bo'lgan, kategoriyasini o'zgartirdi va debyutida Marlon Moraesdan mag'lub bo'lgan edi.
Joze beshinchi raundda texnik nokaut bilan mag'lubiyatga uchradi, Rossiyada esa Xabibdan keyin ikkinchi chempion paydo bo'ldi.
Agar to'rtinchi jang bo'ladigan bo'lsa, Konor deyarli hamma narsani: kamar, pul, translaciyani qo'lga kiritishi mumkin. Tashkilot shunday ishlashda davom etsa, UFC 264 da bo'lgan Makgregor aurasining qoldiqlarini shunchaki yo'q qilib yuborishni ham uddasidan chiqishi mumkin.
Sports.ru sayti asosida Ozoda Qayumova tayyorladi
Fikrlar