So’nggi yangiliklar

22:35Асадбек Самандаров Дакар Олимпиадасининг кумуш медали соҳиби 0 22:31Дакар-2026: Паризода Талабова кумуш медалга сазовор бўлди 0 20:30Ўзбекистонлик трамполинчилар Нанкиндаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 19:59Формула-1. Ландо Норрис — Бразилия Гран-приси ғолиби! 0 19:28Футзал. Ўзбекистон Тожикистонга жавобсиз учта гол урди 0 18:57Екатерина Гейниш Ўзбекистон терма жамоасини тарк этиб, яна Россия сафига қайтди 0 18:26Арман Царукян Пётр Яннинг ярим енгил вазнга ўтиш шартини айтди 0 17:55Трамп UFC раҳбарига Оқ уй матбуот котиби лавозимини таклиф қилганини ҳазил деб атади 0 17:24АПЛда илк истеъфо яқин. Жамоага янги мураббийликка номзодлар ҳам маълум — The Athletic 0 16:53Шавкат Раҳмонов жароҳати қайталангани ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди 0 16:21Хоккей бўйича Осиё чемпиони аниқланди 0 15:50Шоҳасан Мирзаматов Octagon 94 турнирида жанг қилади 0 15:19Флик "Барселона"нинг Ла Лигада "Атлетико" устидан қозонган ғалабасидан сўнг нималар деди? 0 14:48Zagreb Grand Prix 2026 учун таркибимиз тасдиқланди: Диёра ва Давлат ҳам Хорватияга боради! 0 14:17Гэтжининг менежери Топурияга қарши реваншни истисно қилди: "Унинг акаси ҳаётини сақлаб қолди" 0

14 mar 12:28
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari, Qiziqarli!

Bo'm-bo'sh stadion, ko'rishishga va selfiga taqiq. Koronavirusga qarshi kurashmi yoki shunchaki "panika"?

Teglar :  Koronavirus
Koronavirus nafaqat sportga kirib keldi, balki barcha musobaqalarni barbod qilishni boshladi.

Stadionlar tomoshabinlar uchun yopiq, jamoalar o'yinchilarining xavfsizligi uchun muxlislar bilan suratga tushishni va dasxat berishni taqiqladi.

Italiyada stadionlarning yopilgani to'g'ri qaror bo'ldi. Agar siz Evropaga qiziqarli bahsni tomosha qilish uchun bormoqchi bo'lsangiz, safaringizni ortga surganingiz maqul.



APLda qo'l berib ko'rishish taqiqlandi. Bundan qanday mano bor? Albatta! Qo'llar bilan atrofdagi narsalarni ushlanadi, keyin qo'llar ko'zga, yuzga va burunga tegadi, shu tariqa, kasallik tanamizga kirishi mumkin. Bundan kelib chiqsa, APL tashkilotchilari to'g'ri yo'l tanlashgan. Endi ko'pchilik tirsak bilan ko'rishmoqda, bu xavfsizmi?

«Bavariya» futbolchilariga muxlislar bilan selfi tushishni, “Sautgemton” esa dasxat berishni taqiqladi. Nega? Atrofdagi xavfni kamaytirish uchun. Sababi muxlislar kumiri bilan uchrashish uchun nimalar qilmaydi? Ular virusga chalingan bo'lishlari, lekin buni hech kim bilmasligi mumkin.

Selfi tushayotgan vaqtda oraliqdagi masofani saqlash imkonsiz va buning natijasida ham virus yuqtirib olish ehtimoli bor.


Evro-2020 va Olimpiya o'yinlarini o'tkazilmaydimi yoki yozgacha barchasi o'nglanadimi?

Hozirgi vaqtda virus bilan bog'liq holatni taxmin qilish murakkab. Yozgacha barchasi joyiga tushishi mumkin, lekin hozircha bu holat aniq emas. Amerikaliklar virusga qarshi dorini bir oydan keyin sinab ko'rishlarini malum qilishdi. Dorining tasirini bilish uchun bir necha hafta emas balki oylar ketishi mumkin. Odamni koronavirusdan himoya qilish uchun jigar va nerv sistemalariga zarar etkazish kerak emas.

Xokkey bo'yicha jahon chempionatini SHveycariyadan Rossiyaga ko'chirishmoqchi. Rossiya xavfsizmi?

SHveycariyada hozirga kelib 90 nafar odam virus bilan kasallangan, bitta odam esa vafot etdi. Rossiyada esa kasallanishning ikkinchi holati payshanba kuni Sankt-Peterburgda o'qiydigan italiyalikda qayd etilgan. Kasallik o'choqlaridan tashrif buyurgan (Koreya, Italiya va Eron) turistlar Rossiyada ikki bosqichdan iborat o'n kunlik ko'rikdan o'tadi.

Yopiq arenadan ko'ra ochiq stadionga tashrif buyurgan yaxshiroq. "Maska" esa kasallikni oldini olishga ancha foyda beradi.

Ko'p joylardan farqli ravishda Rossiyada hali ham muxlislar tashrifiga taqiq yo'q. Ochiq stadionlarda odamlarga nafas olish uchun havo ko'proq bo'ladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing