06 may 23:24
Yangiliklar
Boks/MMA
BOOOOOOOM. CHarlz Oliveyra vazn qila olmadi
Ayni daqiqalarda UFC 274 kechasi ishtirokchilari vazn o'lchash marosimida ishtirok etishmoqda.
Bir necha daqiqa avval kechaning markaziy jang ishtirokchisi, engil vazn chempioni CHarlz Oliveyra belgilangan — 155 funt (70,3 kg) vazni qila olmadi. U tarozida 155,5 funt tosh bosdi. Tashkilotchilar chempionga qo'shimcha yana bir soat berishdi. SHu vaqt orasida braziliyalik jangchi 230 gramm vazndan qutilishi lozim bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar