20 may 13:41
Yangiliklar
Futbol
"Bornmut" 127 yillik tarixida ilk marta evrokuboklarga chiqdi
"Bornmut" APL 37-turida "Manchester Siti" bilan 1:1 hisobida durang o'ynagach, kelasi mavsumda Evrokuboklarda ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi.
SHu tariqa "Bornmut" 127 yillik tarixida ilk marta evrokuboklarda o'ynaydi. Hozirda Andoni Iraola boshchiligidagi "Bornmut" 6-o'rinda bormoqda va bu o'rin Liga Evropasiga yo'llanmani kafolatlaydi. SHuningdek, jamoa Liga chempioniga chiqish uchun ham matematik imkoniyatni saqlab turibdi.
2025/2026 mavsumining so'nggi o'yinida "Bornmut" safarda "Nottingem Forest" bilan uchrashadi. Hozirgi vaqtda Iraola jamoasi 2026 yil 3 yanvaridan buyon APLda mag'lubiyat ko'rmayapti — 17 o'yin (8 g'alaba va 9 durang).

Havola :
Fikrlar