So’nggi yangiliklar

13:18Усикнинг жамоасида камарларни эгасиз қолдириш қарорини изоҳлади 0 12:39Криштиану Роналду ЖЧ-2026 гуруҳ босқичи якунланганидан сўнг пост қолдирди 0 12:12Жаҳонгир Зокировнинг ғалабали жангидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 11:46Самбо. Осиё-Океания чемпионатини медаллар шодаси билан якунладик 0 11:05Зокиров Zuffa Boxing'даги дебютини нокаутли ғалаба билан бошлади 0 10:17Ўзбекистон миллий терма жамоаси ФИФАнинг янгиланган онлайн рейтингида яхшигина пастлади 0 18:42Шара Буллет: "Яқин орада камарни қўлга киритаман" 0 18:30Хабиб Нурмагомедов ЖЧ-2026 плей-офф босқичида ҳайратда қолдириши мумкин бўлган жамоаларни айтди 0 17:58Зубайра Тухугов кейинги жангини UFC'даги собиқ рақибига қарши ўтказади 0 17:19Бизнинг энг нозик нуқтамиз - ...! 0 16:31Рафаэль Физиев BMF камарини кўзламоқда 0 15:45Ҳумоюн Султонов Загреб турнири ғолиби! 0 14:53Жейрон Эннис энди икки вазн тоифасида жаҳон чемпиони 0 14:04Элдор Шомуродовда рекорд! 0 13:24Ёш юнон-рум курашчиларимиз Осиё чемпионатида биринчи бўлишди 0

01 okt 06:00
Yangiliklar

Tadbirlar, Futbol

Bosh egib tazimdamiz, aziz Ustozlar!

Bugun 1 oktyabr – O'qituvchi va murabbiylar kuni!

Bu dunyoda har qaysi ongli inson – qaerda ishlamasin, qanday kasbu kor, lavozim egasi bo'lmasin, unga bilim va tarbiya berib, hayotga yo'llagan muhtaram o'qituvchi va murabbiylari oldida hamisha qarzdorlik hissi bilan yashaydi. 

Haqiqatan ham, o'zining ko'z nuri, qalb qo'ri, butun borlig'ini bag'ishlab, barchamizga ezgulikdan saboq bergan, otadek mo'tabar, onadek mehribon, aziz ustozlarning hech narsa bilan o'lchab, baholab bo'lmaydigan mashaqqatli va sharafli mehnati uchun har qancha tahsin va tashakkurlar aytsak, arziydi.

Fursatdan foydalanib, bugungi bayram bilan ustozlarimizni, o'qituvchi va murabbiylarni saytimiz ijodkorlari hamda o'quvchilari nomidan chin qalbdan muborakbod etamiz. Barchalariga hurmat-ehtirom va samimiy tilaklarimizni izhor qilamiz. Barcha ustoz va murabbiylarga boshimiz erga tekkunicha tazimdamiz!

 SHogirdlar baxtiga hamisha sog' va omon bo'ling, aziz ustozlar!


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing