06 okt 16:04
Yangiliklar
Kurash

Bosh prokuror Nig'matilla Yo'ldoshev O'zbekiston kurash federaciyasi raisi bo'ldi + FOTO
O'zbekiston Respublikasi bosh prokurori Nig'matilla Yo'ldoshev O'zbekiston kurash federaciyasi raisi lavozimiga saylandi.
Bugun Termizda O'zbekiston kurash federaciyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferenciyasi bo'lib o'tdi. Unda bosh prokuror Nig'matilla Yo'ldoshevning nomzodi O'zbekiston kurash federaciyasi raisligiga ko'rsatildi. Ishtirokchilar bir ovozdan Nig'matilla Yo'ldoshev nomzodini qo'llab-quvvatlashdi. SHu tariqa, N.Yo'ldoshev O'zbekiston kurash federaciyasi raisi lavozimiga saylandi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston kurash federaciyasini bundan avval O'zbekiston Respublikasi sobiq bosh prokurori Otabek Murodov boshqargan edi.
Suratlar muallifi Alimurod Mamadaminov
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar