So’nggi yangiliklar

19:04Фомин Тенерифе Челленжерининг илк босқичида дунёнинг 178-ракеткаси олдида ожиз қолди 0 18:40Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Хитойни йирик ҳисобда таслим қилди 0 18:17Промоутер Бивол ва Бетербиев ўртасидаги учинчи жанг муддати ҳақида гапирди 0 17:52Музаффарбек Тўрабоевда янги унвон + ФОТО 0 17:27Гэтжи қандай ҳолатда Порье билан трилогия амалга ошиши мумкинлиги айтди 0 17:05Ямайка терма жамоаси сардорининг "Динамо" билан келишуви амалга ошмади 0 16:39Чимаев вазн ташлашдан чарчагани ва вазнини ўзгартириши мумкинлиги айтилди 0 16:16UFC P4P рейтинги янгиланди. Волкановски юқорилади, Махачев ҳамон пешқадам 0 15:52Шавкат Раҳмонов нега иккинчи маротаба операция қилинди? Мураббий жавоб берди 0 15:28Расман: Бензема — "Ал Ҳилол" футболчиси 0 15:05Царукян Хабиб Нурмагомедов уни қўллаб-қувватлаган лаҳзани эслади 0 14:41Исроил Мадримовнинг вазнида чемпионлик жанги анонс қилинди 0 14:20UFC рейтинги янгиланди: Шавкат Раҳмонов рейтингдан чиқарилди 0 13:57"Атлетико" ҳужумчи сотиб олганини эълон қилди 0 13:36Таэквондочиларимиз "Fujayrah Open" турнирида жами 14 та медаль жамғаришди 0

22 may 16:43
Yangiliklar

Tadbirlar, Tokio-2020

Bosh vazir Abdulla Aripov ishtirokida sportga bag'ishlangan selektor o'tkazildi

Teglar :  SelektorAripovMOQ
Bugun Vazirlar Mahkamasida yurtimiz sportidagi mavjud muammolar, Tokio-2020 Olimpiadasiga tayyorgarlik masalalariga bag'ishlangan selektor yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yodingizda bo'lsa, 15 may kuni Milliy olimpiya qo'mitasida navbatdan tashqari yig'ilish o'tkazilgan edi. O'zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov boshqargan o'sha yig'ilishda milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov o'z lavozimidan ozod etilgandi. 

Abdulla Aripov tanqidiy ruhda o'tgan o'sha yig'ilish yakunida bir haftadan so'ng federaciya rahbarlari bilan Vazirlar Mahkamasida uchrashishini aytgandi. Bugun o'sha belgilangan muddat etib keldi va aytilgan manzilda MOQda boshlangan yig'ilishning ikkinchi qismi bo'lib o'tdi. 

Olamsport.com caytiga malum bo'lishicha, yig'ilishda asosan olimpiya oilasiga mansub sport federaciyalari rahbarlari ishtirok etgan. Bosh vazir milliy olimpiya qo'mitasi faoliyati, sportchilarimizning Tokio-2020 Olimpiadasi licenziyalari yo'lidagi kurashi va boshqa qator masalalarni keskin tanqid ostiga oldi. 

Jumladan, Abdulla Nigmatovich Olimpiadaga bir yildan sal ko'proq vaqt qolgan bir paytda bor yo'g'i ikkita licenziya qo'lga kiritilgani, bundan to'rt yil avval xuddi shu vaqtda licenziyalar soni 10 tadan oshiq bo'lganini alohida urg'uladi. 

O'z o'rnida 17 ta istiqbolli olimpiya sport turlari federaciyalari rahbarlari asosiy licenzion turnirlar oldinda ekanligi, Tokio-2020 uchun kamida 100 ta licenziya qo'lga kiritilishini aytishdi.    

Bir hafta avval MOQda o'tgan yig'ilishda qator federaciya mutasaddilari milliy olimpiya qo'mitasi tomonidan olib borilgan moliyalashtirish tizimidan norozi bo'lishgandi.  

Jumladan, O'zbekiston Rowing & Canoe federaciyasi nomidan so'zga chiqqan Tatyana Mamatqulova yillik taqvimdan o'rin olgan musobaqalar, xususan licenzion turnirlarga aynan moliya tizimi masalasi sabab yuborilmaganidan noligan edi.

Bugungi yig'ilishda Abdulla Aripov federaciyalarni markazlashgan holda moliyalashtirish masalasi milliy olimpiya qo'mitasi zimmasida qolishi, lekin bu jarayon jiddiy nazorat qilinishi, sportchilarimizning yillik taqvimga kiritilgan nufuzli musobaqalardagi ishtiroki taminlanishini aytdi. 

Yig'ilishda bosh vazir O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasining yangi rahbari Rustam SHoabdurahmonovga boshqaruv tizimi, kadrlar masalasini qayta ko'rib chiqish vazifasini topshirdi. 

Selektor yig'ilishida O'zbekiston futbol associaciyasi faoliyatiga ham to'xtalindi. Abdulla Aripov associaciya faoliyati qoniqarsiz holatda ekanligi, islohotlarga muhtojligini alohida takidladi. Bu gaplardan ko'rinib turibdiki, tez orada O'zbekiston futbol associaciyasida ham keskin o'zgarishlar ro'y beradi.

Reyting:    

Fikrlar

+1   
22 may 17:13:44
Admin
Òzbek futboli juda orqada qolib ketgan. Boks boyicha yomonmas. Qachon qarama maglubiyat.jaxon chempionatini orzu qilib otamiz shekilli. Nimadur qilish kere keskin buriliw qilish vaqti keldi shekilli
   
22 may 22:00:26
Jalol Axmedov
Qozog'istonda xotira turnirida 52kg 69 kg 2 chi juftlik 81 va +91 ikkinchi juftlikdagi hamyutlarimiz imkoniyatni boy berdi. Finalga 56 kg Samandar Holmurodov, 64 kg Jahongir Rasulov, 69 kg Xabibov Sherzodjon, 75 kg Atanazarov Rajabboy, 91kg Jamshid Abdullayev va +91 da Abdulla Hudoyberganovlar finalga chiqishdi
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing