So’nggi yangiliklar

22:18Емельяненко, Махачев ва бошқалар. Самбо бўйича Жаҳон чемпионати олдидан матбуот анжумани ташкил этилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 19:49Сабирханга ўзбекистонлик нокаутчидан узоқроқ бўлиш тавсия этилди 0 17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0

20 okt 18:22
Yangiliklar

Velosport

Bosh vazir kubogi: voleybol musobaqalariga ham start berildi

Vazirliklar, idoralar, xo'jalik birlashmalari, yirik korxona va tashkilotlarning markaziy apparati xodimlari o'rtasida futbol (erkaklar) va voleybol (ayollar) bo'yicha Bosh vazir kubogi musobaqalari o'tkazilayotgani haqida xabar bergan edik.

Bugun O'zbekiston davlat jahon tillari universitetida ayollar o'rtasidagi voleybol musobaqalariga start berildi.

Dastlab musobaqaning ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Unda so'zga chiqqan jismoniy tarbiya va sport vazirining o'rinbosari SH.Mo'minjonov musobaqada ishtirok etayotgan barcha jamoalarga omad tiladi.

Takidlash kerak, voleybol musobaqalarida atigi 11ta jamoa g'oliblik uchun bahs olib borishmoqda. Bu ushbu musobaqaga qiziqish aslo past ekanligini anglatmaydi, aksincha vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning markaziy apparati xodimlari orasida xotin-qizlar ulushining kamligini anglatadi. Biroq, bu hol musobaqalarning qiziqarli o'tishiga aslo tasir qilmaydi, degan umiddamiz.

Bugun boshlangan musobaqalarda O'zbekiston Milliy axborot agentligi jamoasi ilk uchrashuvda “O'zkimyosanoat” AJ jamoasini 2-0 hisobida mag'lubiyatga uchratishgan bo'lsa, xuddi shu hisob Qishloq xo'jaligi hamda Innovacion rivojlanish vazirligi jamoalari uchrashuvida ham qayd etildi. Bu bahsda omad qishloq xo'jaligi vazirligi ayol xodimalariga kulib boqdi. Yana bir uchrashuvda Issiqlik elektr stanciyalari jamoasi “SHarq” nashriyot-matbaa akcionerlik kompaniyasi qizlarini 2-1 hisobida dog'da qoldirdi.

Voleybol musobaqalarida g'olib va sovrindorlar 26 aprel kuni aniqlanadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing