27 dek 14:48
Yangiliklar
Boks/MMA
"Boshqa daraja" - Maxachev Topuriya va Makgregor o'rtasida tanlov qildi
Yarim o'rta vazn toifasida UFC chempioni rossiyalik Islam Maxachev Iliya Topuriyani Konor Makgregor bilan taqqoslab, har bir sportchining kuchli tomonlarini qayd etdi.
— Sen Topuriyani mahorat bobida Konordan ustun qo'yasanmi?
— Mahoratga qarab... Qanday aytishni bilmayman. Menimcha, hujumkor kuch haqida gapiradigan bo'lsak, balki Topuriyada bu jihat kuchliroqdir. Ammo kontrpancher sifatida Makgregor yaxshiroq edi, deb o'ylayman. Vaqtni qanday kutganini ham. Men chapaqayman, u ham chapaqay. Uning chap qo'l bilan yiqilayotganda qarshi olishi, menimcha, boshqa darajada edi", - dedi rossiyalik jangchi "Ushatayka" YouTube kanalida.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar