26 mar 09:36
Yangiliklar
Boks/MMA
Braunni nokautga uchratgan Uayt Uaylderga “vyzov” tashladi
Britaniyalik superog'ir vazn toifasidagi bokschi Dillian Uayt kecha avstraliyalik Lukas Braunni nokautga uchratib, WBC Silver chempionlik kamarini qo'lga kiritgandi.
O'sha g'alabasidan keyinoq Uayt ushbu yo'nalishda to'laqonli WBC chempioni amerikalik Deontey Uaylderni ringga chorladi. Dillian Uaylderga shu yilning iyun oyida jang o'tkazish taklifini berdi.
“Deontey, qaerdasan? Rozi bo'lsang, iyun oyidayoq sen bilan jang o'tkazaman. Bahonalarga endi o'rin yo'q, orani ochiq qilish fursati etdi. Joshuani unut, chunki, endi men borman. Iyun oyida Londonda ko'rishamiz”, – dedi Uayt.
Havola :
Fikrlar